Nanotexnologiyalar, kompozit va istiqbolli materiallar laboratoriyasi 2 - toifali muhandisi
17 Aprel 2024, 13:30
1013
2024-yilning 17-aprelidan 24 apreliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
- Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yil;
- Bandlik: to'liq ish kuni.
Vazifasi:
- Yangi istiqbolli texnologiyalarni topishga qaratilgan qidiruv tadqiqotlarini o'tkazish;
- Tematik ish rejalari loyihalarini ishlab chiqadi va laboratoriya bo‘limi boshlig’iga taqdim etadi;
- ishlab chiqarishning texnik darajasini, mahsulot sifatini oshirish, import qilinadigan xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish maqsadida korxonada yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etishda ishtirok etish;
- Boshqarma tomonidan bajarilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan ishlardan maksimal iqtisodiy samara olish
- Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimining ish tartibida saqlanishini ta'minlash va uni doimiy ravishda takomillashtirish;
- Barcha jihozlar yaxshi holatda ekanligini nazorat qilish;
- Yaxshi holatda, muammosiz va ishonchli ishlashini ta'minlash;
- Foydalanayotgan uskunalarni texnik holati to'g'ri ishlashini nazorat o'z vaqtida ta'mirlashni tashkillashtirish.
Talablar:
- “Metallurgiya”, “Kimyoviy texnologiya”, “Yangi materiallarning materialshunoslik texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha oliy texnik ta’lim;
- Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)
Malaka talablari:
- Ilmiy tadqiqot ishlari bajarilishi sifatini nazorat qilish;
- Ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini baholash;
- Ilmiy tadqiqot ishlarining reja va dasturlarini tuzish;
- Ilmiy tadqiqot ishlarining iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
- Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish usullari;
- Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;
- Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.
Shartlar:
- Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).