• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Telekanal stansion televizion uskunalar elektromontyori

19 Noyabr 2024, 9:26 1177

2024-yil 19 noyabrdan 30 noyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ  Axborot xizmatiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi bo‘yicha aniqlanadi;
  •  Kerakli ish tajribasi: talab etilmaydi, lekin ushbu yo‘nalishda maxsus tayyorgarlik mavjudligi muhim;
  •  Ish bilan taʼminlash: to‘liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Televizion qabul qilish va uzatish uskuna-jihozlarining ishlashini nazorat qilish;
  • Kontentni efirga uzatish jarayonini kuzatish. TV signali sifatini nazorat qilish. Kundalik tekshiruvlarni oʻtkazish;
  • “OKMK TV” telekanali efir setkasi boʻyicha teledasturlarni kunlik efirga uzatilishini qatʼiy nazorat qilish;
  • Televizion uskunalar joylashgan xonani haroratini doimiy ravishda kuzatish;
  • Televizion antennalarni oʻrnatish, kabellarni oʻtkazish va televizorlarni sozlash;
  • Sputnik antennalarni oʻrnatish va tyunerlarni sozlash;

Talablar:

  • Maʼlumoti: oʻrta maxsus;
  • Ish staji hamda ushbu yoʻnalishda maxsus diplomga ega bo’lishi talab etilmaydi;
  • Koʻnikmalar:
  • Efir va sputnik qabul qilish antennalarini oʻrnata bilish;
  • Har xil turdagi televizor va tyunerlarni sozlay bilish;
  • Elektr qurilmalarning elektron sxemalarini oʻqiy olish;
  • kompyuter texnologiyalaridan foydalana bilish;
  • ishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • telekanal uskuna va jihozlaridan foydalanish.

Аsosiy qobiliyatlar:

  • Raqamli televizion uzatuvchi qurilmalarni xatoliklarini aniqlash va uni bartaraf etish;
  • Televizion signallarni qabul qilish va uni uzatish jarayonlarini bilish;
  • Havoni sovutish qurilmalarini (konditsioner) ishlash prinsiplarini bilish va nosozliklarini bartaraf qila olish;
  • Efir va sputnik qabul qilish antennalarini oʻrnata bilish;
  • Har xil turdagi televizor va tyunerlarni sozlay bilish;
  • Kompyuter texnologiyalaridan foydala bilish;
  • Тopshiriqlarni oʼz vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal qilish;
  • Мuloqot qobiliyati, harakatchanlik, kreativlik, stressga chidamlilik, punktuallik.

Shartlar:

  • hamkorlikning keyingi shartlari ish jarayonida muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech