1 toifali muhandis-tizim maʼmuri
31 Iyul 2026, 9:27
254
2026-yilning 31-iyuldan 10-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi — faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
- Kerakli ish tajribasi: oliy ma’lumotga ega bo‘lganda — ish stajiga talab qo‘yilmaydi; o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganda — IT tizimlarini administratsiyalash sohasida kamida 1 yil ish tajribasi.
- Bandlik: to‘liq ish kuni.
Vazifalar:
- Server operatsion tizimlarini (Linux, Windows Server) administratsiyalash.
- Korxonaning serverlari, virtual infratuzilmasi va servislarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Virtualizatsiya tizimlarini administratsiyalash (VMware, Proxmox, Hyper-V).
- Zaxira nusxalash va ma’lumotlarni tiklash jarayonlarini sozlash, kuzatish va nazorat qilish.
- Asosiy tarmoq servislarini administratsiyalash (DNS, DHCP, AD/LDAP).
- IT-infratuzilma holatini monitoring qilish (Zabbix, Prometheus va shunga o‘xshash tizimlar).
- O‘z mas’uliyati doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash.
- Nosozliklar va avariyalarni tekshirishda ishtirok etish, sabablarini tahlil qilish va tuzatish choralarini ishlab chiqish.
- Ekspluatatsion va texnik hujjatlarni yuritish.
- Yangi axborot tizimlari va servislarini joriy etishda ishtirok etish.
- Dasturchilar, pudratchilar va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan hamkorlik qilish.
- Korxona ekspluatatsiya reglamentlari, yo‘riqnomalari va buyruqlariga rioya qilish.
Talablar:
- ma’lumoti oliy yoki o‘rta maxsus (IT, telekommunikatsiya, IT-infratuzilma yo‘nalishida);
- profil ta’limi bo‘lmaganda, ushbu yo‘nalishdagi tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lsa qabul qilinishi mumkin.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Texnik hujjatlar, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash.
- Tarmoq texnologiyalari bo‘yicha bazaviy bilimlar (TCP/IP, VLAN, VPN).
- Ma’lumotlar bazalari bo‘yicha bazaviy bilimlar (PostgreSQL, MySQL, Oracle — administrator darajasida).
- Ishonchlilik va rezervlash prinsiplari.
- Konteynerlash asoslari (Docker — afzal).
- Jamoada ishlash ko‘nikmasi.
- Vazifaning mohiyatini aniq va tushunarli ifodalay olish.
Shartlar:
- Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).