• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ta'mirlovchi-chilangar

27 Mart 2024, 16:38 1228

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Kvalifikatsion talablar:

  • Ta'lim: o'rta-maxsus;
  • Ish staji: kamida bir yil;
  • Chizmalarini va sxemalarni o'qiy olish qobiliyati;
  • Chilangarlik ishlarini bajarishning asosiy usullarini bilish;
  • O'lchov asboblari bilan ishlay olish va ularni sozlash;
  • Detallar, mexanizmlar, uskunalar, agregatlar va mashinalarning texnik xususiyatlariga muvofiq yig'ish ishlarini bajarish qoidalari va ketma-ketligi;
  • Montaj, sozlash, moylash ishlarini bajarishda texnologik ketma-ketlikni bilish;
  • Texnik adabiy, ma'lumotnoma jadvallaridan foydalanish qobiliyati.

 Kasb majburiyatlari:

  • Maxsus asboblar bilan ishlash qobiliyati;
  • Chilangarlik ishlari asoslarini tushunish;
  • Xavfsizlik qoidalarini bilish, ishlatiladigan uskunaning ishlash tamoyillari, ishlatiladigan materiallarning xususiyatlari, profilaktik ta'mirlash texnologiyasi, detallarni ta'mirlash usullari, olchash asboblarning tuzilishi va ulardan foydalanish;
  • Sodda birikmalar va mexanizmlarni detallarga ajratish, ta'mirlash va yig'ish bo'yicha ishlarni bajarishning asosiy usullari;
  • Moylash materiallarini markalari va ulardan foydalanish qoidalari.

Asosiy vazifalar:

  • Uskunalarni ta'mirlash, sozlash va texnik xizmat ko'rsatish;
  • Sex, uchastkalarda uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish;
  • Joriy ta'mirlash, nosozliklar va moy oqishini bartaraf etish, uzatma muftalarining mahkamlash elementlarini almashtirish, reduktorlarda tishli ulanishlarni sozlash, uskunalarni moylash ishlari;
  • Tasmali konveyerlar va plastinali ta’minlagichlarni tortish moslamalarini sozlash;
  • Asosiy uskunalarni joriy va kapital ta'mirlash.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech