• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika chilangari

10 Yanvar 2025, 13:9 5151

2025-yil 10 yanvardan 20 yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Texnologik uskunalar avtomatlashtirish vositalari va jihozlarini texnik ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, texnologiyalik jarayonlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlari.

Ish tarkibi:

  • TJBTA avtomatlashtirish kompleksini, texnologik jarayonlarni nazorat va tartibga solish tizimlarini, o‘lchov vositalarini, shuningdek, ijro mexanizmlarini boshqarish sxemalari va avtomatlashtirilgan elektr privodlarini hamda boshqa uskunalariga kunlik va davriy texnik xizmat ko‘rsatish,
  • Avtomatlashtirish sxemalaridagi, NUAvaA tizimlaridagi nuqsonlar va xatolarni bartaraf etish va aniklash.
  • TJBTA avtomatlashtirish kompleksining tarkibidagi jigozlar, avtomatika vositalari va NUAvaA tizimlarini joriy ta'mirlash ishlarini bajarish, shuningdek, o‘lchov priborlarini sozlash va kalibrovka qilish.

Malaka talablari:

  • Ma'lumoti: O‘rta maxsus yoki oliy texnik.
  • Mutaxassislik - avtomatlashtirish, nazorat o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish, elektromexanika yoki elektrotexnika.
  • Mutaxassislik bo‘yicha ish staji -talab qilinmaydi.

Bilim va ko‘nikmalarga talablar:

  • Nazorat-o‘lchov asboblarining maqsadi va qo‘llanilishini bilishi.
  • Avtomatika sxemalarini o‘qishni bilishi.
  • Avtomatlashtirishning funktsional sxemalarini o‘qishni bilishi.
  • O‘lchov aniqligiga ta'sir etuvchi parametrlar va faktorlarni, shuningdek, elektrotexnika va elektronika fanining nazariy asoslarini bilishi.
  • Mos vositalar va uskunalarni ishlatish qoidalarini bilishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu