• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr jihozlarni ta'mirlash bo'yicha chilangar-elektrik

27 Mart 2024, 14:10 1637

2024-yil 28 martdan 1 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Оylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Кerakli ish tajribasi: mataxassisligi bo`yichа 3 yil ish tajribasiga ega bo`lishi lozim;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Kuchlanishlari 1000 V gacha bo‘lgan har xil turdagi va tizimli elektr mashinalari va elektr qurilmalarini demontaj qilish, kapital ta’mirlash, yig‘ish, o‘rnatish va moslashtirish;
  • Sxemalarni sozlash va himoya vositalarining murakkab qurilmalari hamda avtomatlashtirish va telemexanika qurilmalaridagi nuqsonlarni bartaraf etish;
  • Elektr qurilmalarini va bitta liniyaga ulangan mashina va agregatlarning sxemalarini ulash uchun o‘ta murakkab sxemalarga ega quvvat va yoritish qurilmalariga xizmat ko‘rsatish;
  • Kirish moslamalari va muftalarni o‘rnatgan holda 1000 V gacha kuchlanishli kabel tarmoqlarini o‘rnatish va ta’mirlash;
  • Elektr panellari, yoritish panellari, taqsimlash va payvandlash stansiyalari, kabel tizimlari, yoritish tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish.

Talablar:

  • maxsus tayyorgarlik talab qilinadi;
  • o'rta maxsus, кasb- hunar ta'limi.

Asosiy ko'nikmalar:

  • Maksimal oqim muhofazasi uchun maqsad va asosiy talablar haqida umumiy ma'lumot;
  • 1000 V gacha kuchlanishli har xil turdagi va tizimli elektr mashinalari va elektr qurilmalarini qismlarga ajratish, kapital ta’mirlash, yig‘ish, o‘rnatish va moslashtirish;
  • elektr panellari, yoritish panellari, taqsimlash va payvandlash stansiyalari, kabel tizimlari, yoritish tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Elektr qurilmalarida ishlashda asosiy xavfsizlik choralari haqida bilimga ega bo'lish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech