Avtomobillar hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlarni ta’mirlash chilangari
14 May 2026, 11:12
74
2026-yil 14-maydan 22-mayga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi.
- Oylik ish haqi: faoliyat natijadorligidan kelib chiqib belgilanadi.
- Talab etiladigan ish staji:
- avtotransport vositalarining ichki yonuv dvigatellari (IYoD),transmissiya,yurish qismi hamda gidrotizimlarini uzel va agregatlarini ta’mirlash bilan bog‘liq mutaxassisliklar bo‘yicha kamida 2 yil.
- Bandlik: to‘liq ish kuni.
Majburiyatlar:
- avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha naryad-topshiriqni olish;
- avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlarini ta’mirlash;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
- avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlarining dizelli ichki yonuv dvigatellarini (IYoD) ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
- avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlarining transmissiya uzel va agregatlari, yurish qismi hamda gidrotizimlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
- ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda korxonaning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
Talablar:
- avtotransport vositalarining ichki yonuv dvigatellari (IYoD), transmissiya, yurish qismi hamda gidrotizimlarini uzel va agregatlarini ta’mirlash bilan bog‘liq mutaxassisliklar bo‘yicha kamida 2 yil ish tajribasi;
- ma’lumoti o‘rta yoki o‘rta-maxsus (oliy ma’lumot ustunlik beradi).
Asosiy ko‘nikmalar:
- og’ir yuk ko‘taruvchi avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash qoidalarini bilish;
- o‘lchov asboblari va qurilmalaridan foydalanishni bilish;
- chilangarlik asboblardan foydalanishni bilish;
- zarbli asboblardan foydalanishni bilish;
- pnevmatik asboblardan foydalanishni bilish;
- qo‘l elektr asboblaridan foydalanishni bilish;
- xizmat ko‘rsatilayotgan og’ir yuk ko‘taruvchi avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlar agregatlari, mexanizmlari va qurilmalarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va faoliyatini bilish;
- og’ir yuk ko‘taruvchi avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlariga texnik xizmat ko‘rsatish tartibini bilish;
- og’ir yuk ko‘taruvchi avtotransport vositalari hamda yo‘l-qurilish mashinalari va traktorlardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nosozliklarning sabablari, ularni aniqlash va bartaraf etish usullarini bilish;
- ishlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi va mehnat xavfsizligi qoidalarini bilish;
- ichki yonuv dvigatellari (IYoD), gidrotizimlar, transmissiya va yurish qismlarining uzel hamda agregatlarini nuqsonlarini aniqlash bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- dizelli ichki yonuv dvigatellarini nuqsonlarini aniqlash va yig‘ishni bilish;
- dizelli ichki yonuv dvigatellari, transmissiya, gidrotizim va yurish qismlarining vazifasi, tuzilishi hamda ishlash prinsipini bilish.
Shаrtlаr:
- Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi.
- Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).