Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Avtomobillarni ta’mirlash bo'yicha chilangar

22 Sentyabr 2026, 10:42 12

2026-yilning 22-sentabrdan 30-sentabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
  • Kerakli ish tajribasi: avtomobillar va IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni tamirlash bilan bog‘liq mutaxassisliklar bo‘yicha kamida 2 yil
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishga naryad olish;
  • transport tamirlash;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
  • og'ir yuk ko'tarish qobiliyatiga ega avtosamosvalning dizel IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni ta'mirlash va texnik xizmat kôrsatish;
  • ish joyi va asbob-uskunalarni soz va toza holda saqlash

Talablar:

  • o'rta yoki o'rta-maxsus ma’lumot (oliy ma'lumot ustunlikga ega)

Asosiy ko'nikmalar:

  • texnik jihozlarni tamirlash va texnik foydalanish qoidalarini bilish;
  • o'lchov uskunalar bilan ishlashni bilish;
  • xizmat ko'rsatuvchi yuk avtomobillarining qo'llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
  • batareyali akkumulyatordan foydalainish qoidalarini bilish;
  • foydalaniladigan asbob-uskuna, jihozlar, detal va agregatlarning markirovkasi, nomlanishini bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech