Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Chiqindi xo‘jaligi rostlovchisi

27 Mart 2026, 10:3 740

2026-yilning 27-martdan 31-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" kon boshqarmasining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Malaka talablari:

  • Maʼlumoti oʻrta maʼlumotdan past boʻlmagan.
  • Ish staji 1-yildan kam boʻlmagan.
  • Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.
  • Tegirmon boʻlimidagi jihozlarning ishchi holatini toʻgʻri aniqlashni bilishi.

Vazifalari:

  • pulpa nasos stansiyasiga qabul qilib maxsus chiqindi to‘plash joyiga yuboradi;
  • nasoslar, elektrdvigatellarning ishlash holatini nazorat qiladi;
  • sifat koʻrsatkichlarini nazorat qilish;
  • uskunalar uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Bilishi kerak:

  • Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashdaishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
  • O‘z kasbining MM va TX boʻyicha yoʻriqnomalarni;
  • Isteʼmolchilarni elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ПТЭ), isteʼmolchilarni elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (ПТБ) qoidalari.
  • Avariyani bartaraf etish rejasi (ABER).
  • Yongʻinga qarshi o‘t o‘chirish vositalardan foydalanishni.
  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni.
  • Xizmat koʻrsatilayotgan asosiy va yordamchi jihozlarini tuzilishi va ishlash prinsipi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech