Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Kompressor qurilmalari mashinisti

16 Yanvar 2026, 11:49 1362

2026-yilning 16-yanvardan 23-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Faqat uning vazifasiga kiruvchi ishlarni bajarish;
  • Kompressorlar va bugʻli qozon qurilmalaridan foydalangan vaqtda xavfsizlik talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Ish joyini toza saqlash, oʻtish joylarini ifloslantirmaslik;
  • Oʼt oʼchirish vositalarining toʼgʼri saqlanishini va yaroqlilik muddatidan oʼtib ketmasligini kuzatib borish.

Talablar:

  • Umumiy o’rta ta’lim ma’lumoti
  • Yuqori bosim ostida ishlovchi кompressor uskunalari ishini bajarish huquqiga egaligini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻl

Asosiy ko'nikmalar:

  • Kompressor  qurilmalari  mashinisti bilishi kerak:
  • vintli kompressorlar, turbokompressorlar, bugʻ qozonlari va elektr dvigatellarning xarakat  prinsiplarini;
  • statsionar kompressor qurilmalari, havo oʻtkazgich quvurlari va gaz quvurlarining tuzilishi hamda ularning xavfsiz foydalanish qoidalarini;
  • siqilgan havoni ishlab chiqarish va undan foydalanishda xavfsizlik talablarini;
  • dvigatel va kompressorlar ishida kam-koʻst, nosozliklarni bartaraf  etish usullari;
  • kompressor stansiyalari quvurlari sxemasi, mos  keluvchi xavo  xarorati va  bosqich boʻyicha ishlovchi bosimni;
  • xizmat koʻrsatilayotgan agregat uzellarining ruxsat etilgan qizish xarorati, qizib ketishni bartaraf etish va ogoxlantirish  choralarini;
  • mexanizmlarni moylashda  foydalaniladigan moylarning turi va markasini;
  • xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi (mavjud bo’lsa);
  • Yuqori bosim ostida ishlovchi kompressor uskunalari ishini bajarish huquqiga egaligini tasdiqlovchi guvohnoma

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech