Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Laboratoriya boshligʻi

20 Aprel 2026, 11:9 195

2026-yilning 20-apreldan 27-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: 3 yil;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Rahbarning va kombinat rahbariyati hujjatlarini oʻz vaqtida bajarish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Boʻysinuvchiga har kunlik topshiriqlarni berish va ishlab chiqarish topshiriqlarini berish daftariga imzo qoʻyilishini bajarish va uni nazorat qilish;
  • Laborantni toʻgʻri usulda sinov (proba) olish va kimyoviy tahlil boʻyicha oʻqitib borish;
  • Laboratoriyada ishlatiladigan priborlarni xalqaro standartlar boʻyicha tekshiruvga oʻz vaqtida topshirishni tashkillashtirish.

Talablar:

  • Mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Kimyo yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga yoki portlovchi moddalarni ishlab chiqarishni nazorat qilish boʻyicha maxsus guvohnomaga ega boʻlish.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Laboratoriya boshligʻi bilishi kerak:
  • Kombinat faoliyatiga tegishli boʻlgan uslubiy meʼyoriy va boshqa materiallarni yuqori organlarning buyruqlari bilan hal qilishni ;
  • Portlovchi moddalarning xom-ashyolarini laboratoriya sharoitida kimyoviy tahlillarini amalga oshirishni;
  • Boshqaruv moslamalarining texnik xususiyatlari va ularning ishlash qoidalarini;
  • Standart xususiyatlarni;
  • Ish tavsifini bilishi kerak .

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport;
  • Diplom;
  • Mehnat daftarchasi;
  • Portlovchi moddalarni ishlab chiqarishni nazorat qilish boʻyicha guvohnoma yoki sertifikat.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech