Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatikasi sozlovchisi

31 Iyul 2026, 8:59 700

2026-yilning 31-iyuldan 10-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi — mehnat faoliyati samaradorligi natijalariga ko‘ra belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Bandlik turi: to‘liq ish kuni.

Vazifalari:

  • Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika qilish, sozlash va ta’mirlash ishlarini texnik hujjatlar hamda berilgan topshiriqqa muvofiq bajarish.
  • Nazorat-o‘lchov asboblarini qiyoslovdan o‘tgan va namunaviy o‘lchov uskunalari yordamida tekshirish, sozlash, rostlash va kalibrlash.
  • Asboblar, datchiklar, ijro mexanizmlari va boshqa uskunalardagi nosozlik sabablarini aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish.
  • Nazorat-o‘lchov asboblari, kabel liniyalari va avtomatika vositalarini loyiha hamda ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq o‘rnatish, demontaj qilish, ulash va tekshirish.
  • Ishlarni bajarishda texnologik reglamentlar, ekspluatatsiya hujjatlari, ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalari va korxonaning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish.
  • Biriktirilgan asbob-uskunalar, o‘lchov vositalari, materiallar va shaxsiy himoya vositalarining saqlanishini ta’minlash, ish joyini ozoda va tartibli saqlash.
  • Ishlarni texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar, iste’molchilar elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari hamda elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilgan holda bajarish.

Talablar:

  • Nomzod 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi hamda tutqanoq kasalligi bilan kasallanmagan bo‘lishi kerak.
  • Maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish.
  • O`rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lish.

Asosiy bilim va ko‘nikmalar:

  • Elektrotexnika, elektronika, metrologiya va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslarini bilish.
  • Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatika vositalari va ijro mexanizmlarining tuzilishi, ishlash prinsipi, texnik tavsiflari hamda ulardan foydalanish qoidalarini bilish.
  • Uskunalarni sozlash, rostlash, diagnostika qilish, sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash usullarini bilish.
  • Nazorat-o‘lchov asboblari va o‘lchov vositalarining vazifasi hamda ulardan foydalanish qoidalarini bilish.
  • Texnik hujjatlarni o‘qish, , NO’A va A uskunalarini sozlash, diagnostika qilish, ta’mirlash va xavfsiz ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  • Montaj, prinsipial sxemalar va chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Elektr qurilmalarida ishlashda asosiy xavfsizlik choralarini bilish;
  • Elektronika, elektrotexnika va issiqlik texnikasi bo‘yicha oliy ta’lim darajasida bilimga ega bo‘lish.

Ish sharoitlari:

  • Mazkur lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan nomzod uchun kelgusida oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning boshqa shartlari suhbat davomida kelishiladi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech