Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika chilangari

13 Noyabr 2025, 13:33 765

2025-yilning 13-noyabrdan 20-noyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi   Ishlab  chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Vazifalar:

  • Uskunani yoki qurilmani sozlash va ta'mirlashni amalga oshirayotganda ishlab chiqaruvchining me'yoriy texnik hujjatlariga (bundan buyon matnda MTH deb yuritiladi), shuningdek elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalariga amal qilishi;
  • Kabel liniyalarini tekshirish va markalashni, shuningdek, asbob-uskunalarni boshqarish kabellarini almashtirishni amalga oshiradi;
  • Namunaviy qurilmalardan foydalangan holda, asbob-uskunalarni montaj qilish va sozlashni amalga oshiradi;
  • Ichki mehnat tartibi qoidalariga, yong’in xavfsizligi bo'yicha ko'rsatmalarga, korxonaning ichki me'yoriy hujjatlariga rioya qilish;
  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Ish tajribasi: nazorat o’lchov asboblari mutaxassisligi bo'yicha kamida 2 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Malakaviy talablar:

  • Ma'lumoti: O'rta maxsus yoki oliy texnik ma'lumot;
  • Kompyuterga ishonchli ishlashni bilishi.

Asosiy ko'nikmalar:

  • Asbob-uskunalarni sozlash, kalibrovkasi bo'yicha amaliy ko'nikmalari (tarozi uskunalari);
  • Tarozi qurilmalari va tenzometrik datchiklar maqsadi va vazifasi, shuningdek ishlash printsipi bilish;
  • Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika uskunasining ishlashi paytida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish sabablari, usullarini bilish;
  • Ishlarni bajarishda xavfsizlik va mehnat xavfsizligi qoidalarini bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech