Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmati boshlig‘i

31 Iyul 2026, 14:17 570

2026-yil 31-iyuldan 2-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyati

  • Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xizmati faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.
  • Xizmat tarkibidagi 2 ta xo‘jalik uchastkasi, agronom va avtotransport mexanigi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
  • Xizmat ixtiyoridagi maxsus texnikalar va transport vositalaridan samarali foydalanilishini, ularning texnik sozligi hamda o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilishi va ta'mirlanishini nazorat qilish.
  • Korxona hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sug‘orish va sanitariya holatini yaxshilash ishlarini rejalashtirish hamda bajarilishini ta'minlash.
  • Daraxtlar, butalar, gullar va boshqa manzarali o‘simliklarni ekish, parvarishlash va saqlash ishlarini tashkil etish.
  • Moddiy-texnik resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • Xizmat xodimlari mehnatini tashkil etish, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini ta'minlash.
  • Mehnatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi hamda ekologik talablarga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish, belgilangan hisobotlarni yuritish.

 Тalablar

  • Ma'lumoti: Oliy ma'lumot (agronomiya, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, kommunal xo‘jalik yoki boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha).
  • Ish tajribasi: Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, kommunal yoki xo‘jalik sohasida, shuningdek rahbarlik lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasi.

Asosiy ko`nikmalar

  • Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha bilim va tajriba.
  • Agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish va nazorat qilish.
  • Maxsus texnikalar va ularning ekspluatatsiyasini tashkil etish bo‘yicha umumiy bilimlarga ega bo‘lish.
  • Jamoani boshqarish, ishlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  • Mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologik talablarni yaxshi bilish.
  • Kompyuterda (MS Word, MS Excel) foydalanuvchi darajasida ishlay olish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalana olish.
  • Tashkilotchilik, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, qaror qabul qilish va yuqori darajadagi rahbarlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech