Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

O'qchi

10 Iyun 2026, 10:6 1267

2026-yilning 10-iyundan 16-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmatiga rezyumelar qabul qilinadi:

Ish sharoitlari:

  • Oylik ish haqi: "Olmaliq KMK" AJ xodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasiga asosan.
  • Bandlik: toʻliq kun.
  • Doimiy yashash joyi: Oʻzbekiston Respublikasi.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

  • Jinoiy va Ma'muriy javobgarlik: Mol-mulkka tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilmagan bo'lish;
  • Harbiy xizmatni o‘tagan harbiy guvohnomaga ega bo’lish;
  • Yosh va xizmat:
  • Erkaklar: Safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni yoki haqiqiy harbiy xizmatni o'tab bo'lgan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlar;
  • Ayollar: 18 yoshdan 30 yoshgacha , salomatligi holati bo'yicha yaroqli bo'lganlar;
  • Nutq qobiliyati: benuqson;
  • Tillar: Davlat (o'zbek) tilini ravon bilish (chet tillari – ingliz, russ tillarini bilish afzal ko'riladi).

Qoʻshimcha shartlar:

  • Istiqbollar: kelgusida ushbu sohada muvaffaqiyatga erishgan nomzodga oylik ish haqi va ijtimoiy imtiyozlarni oshirish masalasi koʻrib chiqiladi.
  • Hamkorlik keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Qarorlarini qabul qilish;
  • Ish tartibi boʻyicha IHQX nizomi, ichki mehnat tartibi qoidalari va oʻqchining ishchi yoʻriqnomasi boʻyicha ishlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • harbiy guvohnoma.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech