Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

O'quv markazi Muhandislik maktabi direktori o‘rinbosari

12 Noyabr 2025, 8:56 1168

2025-yilning 12-noyabrdan 21-noyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ O'quv markazi Muhandislik maktabiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ Muhandislik ta’lim muassasasi shtat jadvaliga muvofiq
  • Rahbarlik lavozimida ish tajribasi kamida 3 yil (oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida ishlash ustuvorligi).

Vazifalari:

  • Muhandislik maktabi ish rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
  • Maktabning o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunlari, Prezident farmonlari, buyruqlar, qarorlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i, shuningdek, Muhandislik maktabi direktori buyrug‘ini amalga oshirishni ta’minlash;
  • O‘qituvchilar va talabalar orasida Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilingan farmonlar va qarorlar mazmunini yetkazishda ishtirok etish;
  • Tarbiyaviy ish bo‘yicha yordamchilar va mas’ullar faoliyatini shakllantirish;
  • O‘quv yili yakunlari bo‘yicha maktab hisobotlarini tahlil qilish va yillik umumiy hisobot tayyorlash;
  • O‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv rejasi” va “O‘quv jadvali”ni tuzish;
  • O‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha yillik dars jadvali (“Lesson Table”)ni shakllantirish va tashkil etish;
  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan o‘quv-metodik ishlarni amalga oshirishni ta’minlash;
  • Talabalarning o‘quv jarayoni holatini tahlil qilish va tegishli takliflar

Talablar:

  • Ta’lim muassasalarida rahbar lavozimlarni egallash uchun zarur bo‘lgan kasbiy va tashkiliy ko‘nikmalar, rahbarlik tajribasi va ta’lim sohasida ish tajribasi, faoliyat sohasi va vakolat doirasidagi bilim va ko‘nikmalar;
  • Shaxsiy namunali sifatlar: aql-idrok, odob, liderlik, ijodkorlik, tashkiliy qobiliyat, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, mas’uliyat, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, strategik maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan qat’iyat;
  • Magistr darajasi;
  • Ta’lim sohasida kamida 3 yillik samarali ish

Ko‘nikmalar:

  • Rahbarlik qarorlarini qabul qilish;
  • Kadrlar tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish;
  • Tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
  • Ma’lumotlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunlari, Prezident farmonlari, buyruqlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarini bilish.
  • Muomila madaniyati, moslashuvchanlik, psixologik bosimga chidamlilik.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech