Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Pnevmog`ildirakli kran mashinisti

11 Mart 2026, 12:37 160

2026-yilning 11-martdan 20-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi – MBF ishchilarining belgilangan shtati soat tarif stavkasiga asosan aniqlanadi.
  • Talab qilinadigan ish staji: kasbi bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmasligi shart.
  • Bandligi: to‘liq ish kuni.

Majburiyatlari:

  • Maxsus asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyati;
  • D,E toifali haydovchilik guvohnomasi, maxsus tayyorgarlik, yoshi 18 va undan yuqori;
  • Kran va uning mexanizmlarini boshqarish (ko‘tarish yuklarni olib o‘tish);
  • Chilangarlik asoslarini tushunish;
  • Xavfsizlik qoidalarini bilish, ishlatiladigan uskunaning ishlash tamoyillari, ishlatiladigan materiallarning xususiyatlari, profilaktik ta'mirlash texnologiyasi, detallarni ta'mirlash usullari, olchash asboblarning tuzilishi va ulardan foydalanish;
  • Sodda birikmalar va mexanizmlarni detallarga ajratish, ta’mirlash va yig‘ish bo‘yicha ishlarni bajarishning asosiy usullarini bilish;
  • Moylash materiallarini markalari va ulardan foydalanish qoidalarini bilish.

Talablar:

  • Ta’lim:o‘rta-maxsus;
  • Malaka talabi: 4-6 toifa
  • Pnevmog‘ildirakli kranni boshqarish qobiliyati;
  • Yuklash va tushirishning asosiy usullarini bilish;
  • Pnevmog‘ildirakli kranni muammolarini aniqlay olish va ularni bartaraf qilish, tormozlarni sozlash;
  • Pnevmog‘ildirakli kran qismlari, mexanizmlari, uskunalari, agregatlari va mashinalarning texnik xususiyatlariga muvofiq yig‘ish ishlarini bajarish qoidalari va ketma-ketligi bilish;
  • Pnevmog‘ildirakli kranni sozlash, moylash ishlarining texnologik ketma-ketligini bilish;
  • Texnik adabiyotlardan, ma’lumotnoma jadvallaridan foydalanishni bilish.

Asosiy ko‘nikmalari:

 

  • Bilimlarini quyidagilarda qo‘llay olishi:
  • Pnevmog‘ildirakli kranni ta’mirlash, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Pnevmog‘ildirakli kran uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Joriy ta’mirlash, nosozliklar va moy oqishini bartaraf etish, uzatma muftalarining mahkamlash elementlarini almashtirish, reduktorlarda tishli ulanishlarni sozlash, uskunalarni moylash ishlari;
  • Pnevmog‘ildirakli kranning tortish moslamalarini sozlash;
  • Pnevmatik g‘ildirakli kranni ta’mirlash va ta’mirlashda ishtirok etish;
  • Texnik holatni tekshirish (kabel, tormoz xavfsizlik moslamalari);
  • Elektr uzatish liniyalari yaqinida ishlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish (elektr xavfsizligi bo’yicha II guruh talab qilinadi)

Sharoitlari:

  • kelgusida, ushbu kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli nomzodga oylik maoshini oshirish,ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi;
  • kelajakda hamkorlik sharoitlari muhokama qilinadi;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport va doimiy yahash joyi bo’yicha ro’yxatga olinganligi tog’risida ma’lumotnoma.
  • Mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.
  • Malakaviy guruhni tasdiqlovchi guvohnoma, diplomlar va sertifikatlar.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech