Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Qo’riqlash yong’in sigalizatsiyasi elektromontyori (QYS) Reglament xizmat ko‘rsatish guruhi

19 Mart 2026, 11:16 259

2026-yilning 19-martdan 26-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnik xavfsizlik tizimi xizmatiga  rezyumelar qabul qilinadi:

Malakaviy talablar:

  • Daraja: elektrotexnika, elektronika yo‘nalishi bo‘yicha o’rta maxsus yoki oliy texnik ma’lumot.
  • Imtiyozli mutaxassisliklar: «Radioelektron tizimlar», «Tarmoq va tizim administratsiyasi», «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» yoki «Elektrika».
  • Qo’riqlash yong'in signalizatsiya tizimlarini o'rnatish va texnik xizmat ko'rsatish tajribasi.
  • Balandlikda ishlash: ko‘p hollarda zina, narvon yoki maxsus havoza ishlash uchun ruxsat talab etiladi (tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasligi kerak).

 Majburiyatlar:

  • Avtomatik yong'in signalizatsiya tizimlari (APS), xavfsizlik signalizatsiya tizimlari (OS), ogohlantirish tizimlari va evakuatsiyani boshqarish tizimlarini (SOUE) o'rnatish va sozlash bo’yicha bilimi.
  • Elektroasboblar bilan ishlay olish (perforator, shtroborеz, drel,multimetr).
  • Kompyuterdan ilg’or foydalanuvchi darajasida foydalana olishi.

 Kasbiy bilim va ko’nikmalar:

  • Xavfsizlik va yong'in signalizatsiyasi qurilmalari va detektorlari turlari o'rtasidagi farqlar
  • yong'in va xavfsizlik signalizatsiyasining ishlash tamoyillarini bilish

O'rnatish ko'nikmalari:

  • Kabel yo’nalishlarini yotqizish ko’nikmalari (gofra, kabel-kanallar, lotoklar
  • Past oqimli tizimlar asoslarini bilish.

 Qo‘shimcha talablar:

  • Chizmalarni o‘qish: loyiha hujjatlari, ijro sxemalari va xonalar rejasini tushuna olish.

 Shaxsiy sifatlar:

  • Ishda tafsilot va aniqlikka e'tibor
  • Yangi texnologiyalarni o'rganish va moslashish qobiliyati
  • Jamoada ishlash qobiliyati.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech