Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Qo’riqlash yong'in signalizatsiyasi elektromontyori (QYS) Videokuzatuv tizimlari va kirishni boshqarish tizimlari guruhi

19 Mart 2026, 11:12 144

2026-yilning 19-martdan 26-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnik xavfsizlik tizimi xizmatiga  rezyumelar qabul qilinadi:

Talablar:

  • Elektrotexnika, elektronika sohasida oliy yoki o'rta maxsus ma’lumot.
  • Xavfsizlik tizimlari, videokuzatuv va kirishni boshqarish tizimlari bo’yicha qo’shimcha kurslar yoki sertifikatlar.
  • Videokuzatuv tizimlari va kirishni boshqarish tizimlarini o’rnatish va texnik xizmat ko’rsatish sohasida kamida ish tajribasi 2 yil.
  • Elektr uskunalari bilan ishlash va balandlikdagi ishlarni bajarish uchun tibbiy qarshiliklarning yo’qligi.
  • Elektrotexnika, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo’yicha asosiy bilimlar

Majburiyatlar:

  • Elektr va elektron qurilmalar (Perfarotor, drel, balgarka, multimetr ) bilan amaliy tajriba.
  • Hik-Central bilan ishlash qobiliyati .
  • Masofaviy monitoring (oblaka tizimlar) uchun mobil ilovalarni sozlash.
  • Kompyuterdan foydalanuvchi sifatida foydalana olish.

Bilim va ko’nikmalar:

  • Kamera turlari (IP, TVI, CVI, AHD) o’rtasidagi farqlarni tushunish.
  • Videoregistratorlar (NVR/DVR) va serverlarni o’rnatish hamda sozlash.
  • Ob’ektivlarni tanlash, ko‘rish burchaklari va fokus masofasini hisoblash.
  • Identifikator turlari: RFID (Em-Marine, Mifare), biometriya (yuz, barmoq izi), mobil kirish (NFC/BLE).
  • Kontrollerlarning ishlash prinsiplari (avtonom va tarmoqli).
  • O’quvchi qurilmalar va aloqa interfeyslari (Wiegand, Touch Memory, OSDP, RS-485).

Ijrochi qurilmalar:

  • Elektromagnit va elektromexanik qulflar, zashyolkalarni tanlash va o‘rnatish.
  • Turniketlar, shlagbaumlar va darvoza privodlarini sozlash.
  • Eshik yopgichlar (dovodchik) bilan ishlash (tezlikni sozlash).

Tarmoq texnologiyalari (IT bazasi):

  • TCP/IP protokoli asoslarini tushunish.
  • IP-manzillar, podset maskalari va shlyuzlarni sozlash.
  • PoE-kommutatorlar bilan ishlash, routerlarni sozlash va masofaviy kirish uchun portlarni yo‘naltirish (Port Forwarding).
  • Kabel uchlarini siqish (obshimka - RJ-45) va T568A/B standartlarini bilish.

 Montaj ko‘nikmalari:

  • Kabel trassalarini yotqizish (gofra, kabel-kanallar, lotoklar).
  • Kuchlanishi past (slabotochniy) tizimlar asoslarini bilish.

Qo'shimcha talablar:

  • Prinsipial, montaj sxemalarini, elektr simlari sxemalarini va montaj chizmalarini o‘qiy olish.

Shaxsiy fazilatlar:

  • Ishda aniqlik va tafsilotlarga e’tibor berish.
  • Yangi texnologiyalarni o’rganish va ularga moslashish qobiliyati, CCTV (Closed Circuit Television) va SKUD doimiy ravishda yangilanib turadi, yangi uskunalar liniyalarini doimiy ravishda o’rganish kerak.
  • Jamoada ishlash qobiliyati.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech