Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Quyultirgich apparatchisi

21 Yanvar 2026, 8:49 1153

2026-yilning 21-yanvardan 26-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

   Vazifalar:

  • Nosozliklar va kamchiliklarni yuzaga kelganda ularni bartaraf  etish,  ishlab chiqarish obyektlarida foydalanadigan flokulyant sarfi, tayyorlanishi bo‘yicha  nazorat  ishlarini amalga oshirish;
  • Quyuqlashtirishning texnologik jarayonini nazorat qilish, shuningdek quyuqlashtiruvchi moddalar sarfini nazorat qilish;
  • Uskunalarni va ish joylarini o‘z vaqtida tozalashni amalga oshirish;
  • Quyuqlashtirish jarayonini nazorat qiladi, quyiltirilgan mahsulotlarining zichliginiani aniqlash va nazoratga olish;
  • Xizmat ko‘rsatadigan bo‘limlarning qurilmalari sxemasini bilishi;
  • Foydalaniladigan quyuqlashtiruvchi uskunaning xususiyatlarini bilish;
  • Kichik taʼmirlash va uskunani ishga tushirish va to‘xtatish ishlarini amalga oshirish;
  • Quyultirgichlarning texnik xarakteristikasini va tuzilishini bilish;
  • Flokulyantlarni xarakteristikasini va qo‘llanilishini

Talablar:

  • Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

Asosiy qobiliyatlar:

  • Jarayonning buzilishi yoki uskunaning nosozliklarini tezda aniqlash va bartaraf etish qobiliyati;
  • Texnik jurnallarni toʻgʻri toʻldirish;
  • Quyuqlashtirish uchun kiruvchi mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini;
  • Qoʻllaniladigan mashina moylari;
  • Quyuqlashtiruvchi moddalarning ishlash printsipini;
  • Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
  • Ishlatiladigan quyuqlashtiruvchi moddalarning xossalari, ularga qoʻyiladigan talablarni bilishi;
  • Turli xildagi quyultirgichlar bilan ishlash malakasi;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech