Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Stansiya jihozlari elektromontyori

17 Aprel 2026, 8:20 482

2026-yilning 17-apreldan 21-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Jizzax viloyati “Zomin” tumani Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlari:

  • Elektr stansiya va podstansiya jihozlarini texnik xizmat ko‘rsatish;
  • Elektr uskunalarini o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash;
  • Nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
  • Elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish;
  • Profilaktik ko‘rik va sinov ishlarini bajarish;
  • Texnik hujjatlar bilan ishlash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus yoki oliy texnik ma’lumot (elektr yo‘nalishida);
  • Kamida 1–yil ish tajribasi (afzal);
  • Elektr sxemalarni o‘qiy olish;
  • Xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish;
  • Jismonan sog‘lom va mas’uliyatli bo‘lish.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Elektr jihozlarini diagnostika qilish;
  • Payvandlash va montaj ishlari (afzal);
  • Asbob-uskunalar bilan ishlash;
  • Tezkor qaror qabul qilish;
  • Jamoada ishlash qobiliyati.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech