Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Telekanal efir montajchisi

16 Sentyabr 2026, 9:37 173

2026-yilning 16-sentabrdan 26-sentabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmatiga rezyumelar qabul qilinadi:

Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi
  • Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

  • Televizion koʼrsatuv va lavhalarni videomontaj qilish;
  • Sifatsiz kadrlarni oʼchirib, qayta ishlash uchun muvaffaqiyatli kadrlarni tanlash;
  • videoga matn, subtitrlar, peshlavha (zastavka) va boshqalar tayyorlab qoʼshish;
  • tasvirga olingan videoni ovoz bilan sinxronlashtirish;
  • alohida video fragmentlarni kesish va terish, bir qator effektlarni qoʼllash boʼyicha ishlarni bajarish;
  • videoni kerakli formatda siqish va yozib olish;
  • sifatsiz fragmentlarni qayta tasvirga olish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • ovoz bilan ishlash: intervьyu kesish, dialoglar hamda musiqa qoʼshish va boshqalar.

Talablar:

  • taʼlim: oʼrta
  • ish tajribasi: ish tajribasi talab qilinmaydi.
  • koʼnikmalar:
  • “Adobe Premiere” dasturida video materiallarni montaj qilish;
  • reklama va ijtimoiy ahamiyatga ega videoroliklarni montaj qilish;
  • “After Effects” dasturida ishlash;
  • “Adobe Audition” dasturida ovozni qayta ishlashni amalga oshirish;
  • professional qurilmalar bilan ishlash, tasvirga olishni ham bilish.

Аsosiy qobiliyatlar:

  • telekoʼrsatuvlar yaratish tartibini bilish va ijodiy yondashish;
  • video tahrirlash tajribasi;
  • eʼtiborlilikni kuchaytirish;
  • syujetni yaratish stsenariysini ishlab chiqish;
  • videotasvirga olishni bilish;
  • topshiriqlarni oʼz vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal qilish;
  • muloqot qobiliyatlari, harakatchanlik, stressga chidamlilik, punktuallik.

Shartlar:

  • hamkorlikning keyingi shartlari ish jarayonida muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech