Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tog’-kon ishchisi

24 Noyabr 2025, 10:23 3986

2025-yilning 24-noyabrdan 30-noyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Portlovchi moddalarni va portlovchi vositalarni yuklash, tushirib olish va yetkazishda portlatuvchilarga amaliy yordam berish.
  • Portlash ishlari olib boriladigan konlarda zaryadlangan quduqlarni kunduzgi va tungi smenalarda qo`riqlash.
  • Portlatish vaqtida xavfli hududni himoyalash.

Talablar:

  • yoshi 18 yoshdan kichik boʻlmagan;
  • Konchilik ishi yo’nalishi bo’yicha o’rta maxsus (oliy) taʼlim yoki portlatish ishlari kurslari kvalifikatsion komissiyaga imtihonlarni topshirganligi toʻgʻrisidagi portlatuvchining yagona daftarchasi guvohnomasiga (Единая книжка взрывника) ega boʻlish.

Asosiy koʻnikmalar:

Tog’-kon ishchisi bilishi shart:

  • Portlatish materiallari va vositalarining qoʻllanishi va xossalarini, shuningdek, ular bilan ishlarni bajarishdagi xavfsizlik chora-tadbirlarini;
  • Portlatish ishlarini olib borishda namunaviy xavfsizlik qoidalarini;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududlari boʻylab portlatish materiallarini avtotransport vositalarida olib yurish qoidalarini;
  • Portlatish ishlarini olib borishda ogohlantirish signallarining belgilarini;
  • Karyerlardagi xavfli zonalar chegaralarini;
  • Taʼqiqlovchi zonani belgilashni;
  • Ogohlantiruvchi belgi(bayroq)larni taʼqiqlovchi zonalarga oʻrnatishni.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom yoki portlatuvchining yagona daftarchasi (guvohnoma)

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech