Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachi
19 Iyun 2025, 9:23
1325
2025-yilning 19-iyundan 27-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:
Majburiyatlar :
- Davlat ta'lim dasturi, kunlik ish rejasi, bolalar yoshiga muvofiq bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash bo'yicha ishlarni tashkil etish va o'tkazish.
- O'z guruhidagi har bir bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish, ularning individual xususiyatlarini o'rganish.
- Bolalarning rivojlanish xaritalarida kuzatuv natijalarini o'z vaqtida aks ettirish, olingan natijalarni tahlil qilish, keyingi ta'lim va tarbiya ishlarini belgilash.
- Ta`lim jarayonini mavzuli rejaga, bolalarning yoshiga muvofiq o'z vaqtida rejalashtirishni amalga oshirish.
- Ish rejaga muvofiq bolalar bilan ta`lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo' lgan didaktik va o'yin materiallarini oldindan tayyorlashni amalga oshirish, ularni jihozlash va bolalar uchun qulay joyga joylashtirish.
- Kun tartibini bajarish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvaliga muvofiq ta`lim-tarbiyaviy ishlarni bajarish.
- Ish rejasiga muvofiq barcha turdagi faoliyatlarning bajarilishini ta'minlash, tegishli rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish.
- Bolalar bilan ishlashda innovatsion pedagogik texnoligiya, ilg'or tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
- Tarbiyachi ish hujjatlarini o'z vaqtida to'ldirish, me`yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirish, uni ozoda saqlash, ish joyida bo`lishini ta`minlash.
- Me`yoriy hujjatlarda belgilangan muddat davomida zarur hujjatlar va materiallarning saqlanishini ta'minlash.
- Uslubiy materiallarni to'plash, uni rivojlanish sohalari bo'yicha tasniflash, estetik va sanitar talablar asosida saqlanishini amalga oshirish.
- Shifokor va tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga muvofiq bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Тalablar :
- Taʼlim: Оliy taʼlim, maktabgacha taʼlim sohasida.
- Ish tajribasi: mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil.
- Koʻnikmalar: - bolalar bilan muloqot ;
- ota-onalar bilan muloqot
- samaradorlikni baholash
- kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
- ofis jihozlaridan foydalanish.
Asosiy ko`nikmalar :
- Amaldagi maktabgacha taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
- Bolaning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha koʻrsatmalarni;
- Maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari va amaldagi taʼlim dasturlari mazmunini;
- Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika va psixologiyasi asoslari hamda bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini bilishi kerak.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).