Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Xarajatlarni prognozlash va tahlil qilish boʻyicha 1-toifali texnik

10 Avgust 2026, 8:5 477

2026-yil 10-avgustdan 16-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJga rezyumelar qabul qilinadi:

Ma’lumoti

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma'lumot (iqtisodiyot).

Ish staji

  • oliy ma'lumotga ega nomzodlar uchun ish staji talab etilmaydi;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega nomzodlar uchun tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

 Ish tarkibi:

  • biriktirilgan sexlar va bo’linmalarning reja-iqtisodiy ishlarini amalga oshirish;
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda sexlar va bo’linmalar ishining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini birlamchi tahlil qilish.
  • biriktirilgan sexlar va bo’linmalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
  • tannarxni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bajarish;
  • qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tannarxni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatlaridan, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Bilishi kerak:

  • korxona iqtisodiyoti asoslarini;
  • ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish tartibini;
  • mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblash usullarini;
  • buxgalteriya hisobi asoslarini;
  • reja va hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalarini;
  • xarajatlar hisobini yuritish tartibini;
  • xarajatlarni rejalashtirish va tannarxni kalkulyatsiya qilish bo‘yicha me'yoriy hujjatlarni;
  • ishlab chiqarishni rejalashtirish asoslarini;
  • iqtisodiy axborotni qayta ishlash usullarini;
  • Microsoft Excel, Word hamda boshqa ixtisoslashtirilgan dasturlar (1C, ERP va boshqalar- zaruratga ko‘ra) bilan ishlashni;

 Zarur ko‘nikmalar:

  • xarajatlarni rejalashtirish uchun dastlabki ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash;
  • mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning rejalashtirilgan tannarxini hisoblash;
  • hisob-kitoblar, jadvallar, ma'lumotnomalar va hisobotlarni tayyorlash;
  • haqiqiy xarajatlarning rejalashtirilgan xarajatlardan og‘ishini tahlil qilish;
  • iqtisodiy ma'lumotlarni hisobga olish va tizimlashtirish;
  • elektron jadvallar va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash;
  • xarajatlarni shakllantirish masalalari bo‘yicha korxona bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech