Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yetakchi iqtisodchi

10 Avgust 2026, 8:0 382

2026-yil 10-avgustdan 16-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJga rezyumelar qabul qilinadi:

 Ma’lumoti:

  • оliy ma’lumot (iqtisodiyot).

Ish staji:

  • iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3–5 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Ish tarkibi:

  • bo'linmalar va ularning ishlab chiqarish uchastkalarining ritmik ishlashini, mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha belgilangan vazifalarni bajarilishini ta'minlaydigan asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
  • yillik, choraklik, oylik ishlab chiqarish prognozlari loyihalarini tuzish uchun dastlabki ma'lumotlarni tayyorlaydi, ularning o'zaro bog'liqligini tekshiradi, kombinat rahbariyati tomonidan tasdiqlanishini va o'z vaqtida bo'linmalarga etkazilishini ta’minlaydi;
  • korxona va uning bo'linmalari bo'yicha prognoz topshiriqlarining bajarilishini hisobga olish, nazorat qilishni tashkil etadi;
  • har oyda "Olmaliq KMK" AJ ish natijalarini umumlashtiradi, asosiy prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi to'g'risida jamlanma ma'lumotnoma tuzadi va uni kombinat rahbariyatiga yetkazilishini ta’minlaydi;
  • kombinat oy yakunlari bo'yicha (belgilangan shakllar bo'yicha) statistik hisobotni shakllantiradi va uni o'z vaqtida statistika organlariga yuboradi;
  • kombinat rahbariyatining rezolyutsiyasiga muvofiq funksional majburiyatlar bo'yicha (so'ralgan shakllar bo'yicha) axborot to'playdi va ularni o'z vaqtida axborot-tahlil va nazorat ishlari bo'limiga yuboradi;
  • mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni aniqlash va boshqaruv choralarini ishlab chiqish ishlarida ishtirok etish.

Bilishi kerak:

  • tashkilotning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni;
  • makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot asoslarini;
  • iqtisodiy tahlil va rejalashtirish usullarini;
  • biznes-rejalar va byudjetlarni shakllantirish tartibini;
  • mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisoblash usullarini;
  • narxlar va tariflarni shakllantirish tartibini;
  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot asoslarini;
  • moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish usullarini;
  • mehnatni me'yorlash hamda iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullarini;
  • tahliliy materiallar va iqtisodiy hisobotlarni tayyorlash tartibini;
  • soliq qonunchiligi asoslarini;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari, ofis dasturlari (Excel, Word, PowerPoint) hamda ixtisoslashtirilgan dasturlarni (1C, SAP, Oracle, ERP tizimlari va boshqalar — zaruratga ko‘ra).

 Zarur ko‘nikmalar

  • iqtisodiy tahlilni amalga oshirish;
  • byudjetlar va moliyaviy rejalarni tuzish;
  • byudjet ijrosini tahlil qilish;
  • iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash;
  • tahliliy hisobotlar va taqdimotlarni tayyorlash;
  • moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash;
  • katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash;
  • elektron jadvallar (Excel) bilan yuqori darajada ishlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech