Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yetakchi muhandis-tizim maʼmuri

31 Iyul 2026, 8:10 944

2026-yilning 31-iyuldan 10-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi — faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: oliy ma’lumotga yoki tegishli sertifikatlarga ega nomzodlar uchun ish tajribasi talab etilmaydi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega nomzodlar uchun — IT sohasida kamida 3 yil ish tajribasi talab etiladi.
  • Bandlik: to‘liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Korxonaning server va tarmoq IT-infratuzilmasi ekspluatatsiyasini tashkil etish va nazorat qilish.
  • Server operatsion tizimlarini (Linux, Windows Server) administratsiyalash.
  • Virtualizatsiya tizimlarini administratsiyalash va ularning arxitekturasini nazorat qilish (VMware, Proxmox, Hyper-V).
  • Ma’lumotlarni saqlash tizimlari va zaxira nusxalash tizimlarini administratsiyalash.
  • IT-servislarning ishonchliligi, rezervlanishi va tiklanishini ta’minlash.
  • Tarmoq servislar va infratuzilmani administratsiyalash (DNS, DHCP, AD/LDAP, VPN, VLAN).
  • IT-infratuzilmani monitoring qilish, nosozlik va avariyalarni tahlil qilish (Zabbix, Prometheus va shunga o‘xshash tizimlar).
  • O‘z mas’uliyat doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash.
  • Hodisa va nosozliklarni tekshirishda ishtirok etish, asosiy sabablarni tahlil qilish va tuzatish choralarini ishlab chiqish.
  • IT-infratuzilmasidagi o‘zgarishlarni nazorat qilish, yangi tizim va servislarni qabul qilishda ishtirok etish.
  • Loyiha jamoalari, pudratchilar va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan hamkorlik qilish.
  • Ekspluatatsion va texnik hujjatlarning dolzarbligini yuritish va nazorat qilish.
  • Administratorlarga metodologik rahbarlik qilish va murabbiylik (mentorlik).
  • Korxona ekspluatatsiya reglamentlari, standartlari va buyruqlariga rioya qilish.

Talablar:

  • ma’lumoti oliy yoki o‘rta maxsus;
  • profil ta’limi bo‘lmaganda, ushbu yo‘nalishdagi tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lsa qabul qilinishi mumkin.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Korporativ IT-infratuzilma arxitekturasi.
  • Server uskunalari va ma’lumotlarni saqlash tizimlari.
  • Tarmoq texnologiyalarini bilish (TCP/IP, VLAN, VPN).
  • Ma’lumotlar bazalari bo‘yicha chuqur bilimlar (PostgreSQL, MySQL, Oracle va boshqalar — administrator darajasida).
  • Ishonchlilik, rezervlash va avariyadan tiklash (Disaster Recovery) prinsiplari.
  • Konteynerlash va servis muhitlari asoslari (Docker — ma’qul).
  • Texnik va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash.
  • Hisobot va tahliliy materiallarni tayyorlash.
  • Jamoaviy ishlarni tashkil etish va vazifalarni taqsimlash.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech