Yetakchi muhandis (Video kuzatuv tizimlari, qo’riqlash-yong‘indan himoyalash signalizatsiyasi)
01 May 2026, 16:18
494
2026-yil 1-maydan 10-mayga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga rezyumelar qabul qilinadi.
Talablar:
- Oliy texnik ta’lim (axborot xavfsizligi, avtomatlashtirish, elektronika, telekommunikatsiyalar yoki IT sohasida);
- Video kuzatuv va SKUD tizimlarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
- IP video kuzatuv tizimlari hamda kirishni boshqarish tizimlarining arxitekturasi va ish printsiplarini chuqur tushunish;
- Axis, Hikvision, Dahua, Bolid, Perco, ZKTeco va boshqa yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskuna va dasturiy ta’minoti bilan ishlash tajribasi;
- Xavfsizlik tizimlarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha normativ talablar (SP, GOST, TR TS va boshqalar)ni bilish;
- Video registratorlar, ma’lumotlarni saqlash serverlari, mijoz stansiyalari, uzoqdan kirish va arxivlash tizimlarini sozlash tajribasi;
- Video kuzatuv va SKUD tizimlarini boshqa muhandislik tizimlari bilan integratsiyalash ko‘nikmalari (QYXS, xudud chegarasini muhofaza qilish va boshqalar);
- Loyiha va bajarilish hujjatlarini, sxema va spetsifikatsiyalarni o‘qiy olish;
- Video tizimlar va SKUD bilan ishlashda axborot xavfsizligi talablarini bilish.=
Asosiy vazifalari:
- Texnik topshiriqlar, tekshiruv aktlari, hisobot va ekspluatatsiya hujjatlarini tayyorlash tajribasi;
- Video kuzatuv va SKUD tizimlari bo‘yicha texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
- Texnologik xavfsizlik sohasidagi normativ talablar va standartlarga rioya qilishni nazorat qilish;
- Video kuzatuv va kirishni boshqarish tizimlarini sozlash va optimallashtirish, ularning barqaror ishlashini ta’minlash;
- Video kuzatuv va SKUD tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
- Favqulodda tiklash rejalarini va ma’lumotlarni zaxiralash tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ko'nikmalar:
- Tarmoq protokollari va infratuzilmasi bilan ishlash tajribasi (TCP/IP, VLAN, PoE, VPN va boshqalar);
- Profil sertifikatlarga ega bo‘lish (Axis, Milestone, Bolid, Hikvision va boshqalar).
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).