Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Agronom

23 Iyul 2026, 17:29 675

2026-yil 24-iyuldan 25-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyati

Yerlardan samarali foydalanish, tuproqni ekishga tayyorlash, oʻgʻitlash, sugʻorish, zararkunanda va begona oʻtlarga qarshi kurashish (kimyoviy va biologik ishlov berish) jarayonlarini nazorat qilish

  • Xarajatlarni pasaytirish
  • Ekilgan yerlarning kasallanishi va buzilishini kamaytirish; mehnat unumdorligini oshirish
  • Agrotexnik ishlarni amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya qilish
  • Oʻgʻitlarni qoʻllashda belgilangan meʼyorlarga rioya etilishini taʼminlash
  • Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlarining bajarilishi
  • Mehnat va ijro intizomiga rioya qilish

 Тalablar

  • Ma'lumoti: Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha oliy taʼlim.
  • Ish tajribasi: 2 yildan kam boʻlmagan mehnat staji va ish tajribasiga ega bo`lishi

Asosiy ko`nikmalar

  • Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish texnologiyasini bilishi
  • Koʻchat yetishtirish, ularni parvarishlash, ularning qiymati, yetishtirish usullari, muddati va vegetatsiya davrini bilishi
  • Urug` va koʻchatlar navlarini toʻgʻri tanlay olishi, ko`chat turlarini kengaytirish, sifatini oshirish
  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
  • Personal kompyuterda foydalanuvchi darajasida  ishlay bilishi
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi (AKT);
  • Hamkasblar va oʻz qoʻl ostidagilar bilan ishlay olishi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech