• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

ATB bo'sh ish o'rinlari

20 Dekabr 2022, 16:35 15186

 “Olmaliq KMK” AJ Аvtomobil transport boshqarmasida quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga onlayn qabul jarayonlari tashkil etiladi

1. Yengil mashinasi haydovchisi

Oylik ish haqi belgilanmagan.

Kerakli ish tajribasi: yengil avtomashinasi xaydovchisi  vazifasida 1 yildan kam bo‘lmagan staj.

Bandlik: to‘liq kun.

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish
  • Texnik reglamentga muvofiq avtomobilga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish

Talablar:

  • O‘rta maxsus ta’limga qo‘yiladigan talablarsiz yosh 18 yoshdan kichik emas;
  • Yengil avtomashina haydovchisi vazifasida bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  • В, С haydovchilik guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

2. Yuk mashinasi haydovchisi

Oylik ish haqi belgilanmagan

Kerakli ish tajribasi: Yuk avtomashinasi xaydovchisi  vazifasida 1 yildan kam bo‘lmagan staj

Bandlik: to‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish;
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish;
  • Kombinat obyektlariga turli yuklarini tashish;
  • Texnik reglamentga muvofiq avtomobilga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat; ko‘rsatishni amalga oshirish.

Talablar:

  • O‘rta maxsus ta’limga qo‘yiladigan talablarsiz yosh 18 yoshdan kichik emas;
  • Yuk avtomashinasi haydovchisi vazifasida bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  • В, С, Е haydovchilik guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

3. Avtobus haydovchisi

Oylik ish haqi belgilanmagan

Kerakli ish tajribasi: Avtobus xaydovchisi  vazifasida 3 yildan kam bo‘lmagan staj

Bandlik: to‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtotransportni boshqarish
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish
  • Kombinat obyektlariga ishchilarni ish joydariga yetkazib qo‘yish
  • Texnik reglamentga muvofiq avtotransportga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish

Talablar:

  • O‘rta maxsus ta'limga qo‘yiladigan talablarsiz yosh 18 yoshdan kichik emas.
  • Avtobus haydovchisi vazifasida uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi.
  • В, С, D haydovchilik guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

4. Krani haydovchisi

Oylik ish haqi belgilanmagan

Kerakli ish tajribasi: Avtomobil krani xaydovchisi  vazifasida 1 yildan kam bo‘lmagan staj

Bandlik: to‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish
  • Texnik reglamentga muvofiq avtomobilga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish

Talablar:

  • O‘rta maxsus ta'limga qo‘yiladigan talablarsiz yosh 18 yoshdan kichik emas.
  • Avtomobil krani haydovchisi vazifasida bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi.
  • B, C haydovchilik guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

5. Misgar

Oylik ish xaqi ko‘rsatilmagan.

Kerakli ish tajribasi: talab etilmaydi.

Ma'lumoti: o‘rta, ushbu mutaxassislik bo‘yicha malaka komissiyasining sertifikati.

Bandlik:To‘liq kun.

Majburiyatlari:

  • Ishni bajarish uchun ustaxona boshlig‘idan topshiriq va zarur hujjatlarni olish;
  • Misgar mehnat va ishlab chiqarish intizomi va xavfsizlik qoidalari talablariga qat'iy rioya qilishi shart;
  • Uskunalar, asboblar va ish joyini toza va tartibli saqlash;
  • Faqat maxsus kiyimda, tugmalari mahkam bog‘langan holda ishlash;
  • Rangli metallarni markalash orqali kesish. Qismlar va mahsulotlarni tayyorlash. Lehimlashdan keyin tikuvlarni kesish va topshirish;
  • mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga rioya qilish;

Talablar:

  • O‘rta ma'lumot
  • Misgar bo‘lib faqat malaka komissiyasining o‘zi ushbu mutaxassislikni berish to‘g‘risidagi guvohnomasiga ega bo‘lgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs ishlashi mumkin.
  • Kasbiy tekshiruv o‘tishi shart, texnik xavfsizligi bo‘yicha ish joyida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha instruktaj o‘tishi

 Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shaxri;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Ishlarning sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Samaradorlikni baholash. 

6. Vulkanizatorchi

Oylik ish xaqqi ko‘rsatilmagan

Kerakli ish tajribasi: 1 yildan kam bo‘lmagan staj

Ma'lumoti: o‘rta, ushbu mutaxassislik bo‘yicha malaka komissiyasining sertifikati

Bandlik: To‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Ishni bajarish uchun ustaxona boshlig‘idan topshiriq va zarur hujjatlarni olish;
  • Vulkanizatorchi mehnat va ishlab chiqarish intizomi va xavfsizlik qoidalari talablariga qat'iy rioya qilishi shart;
  • Uskunalar, asboblar va ish joyini toza va tartibli saqlash;
  • Faqat maxsus kiyimda va himoya vositalari bo‘lgan holda ishlash;
  • Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga rioya qilish;

Talablar:

  • O‘rta ma'lumot;
  • Vulkanizatorchi bo‘lib faqat malaka komissiyasining o‘zi ushbu mutaxassislikni berish to‘g‘risidagi guvohnomasiga ega bo‘lgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs ishlashi mumkin;
  • Kasbiy tekshiruv o‘tishi shart, texnik xavfsizligi bo‘yicha ish joyida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha instruktaj o‘tishi.

 Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliq shaxri;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Ishlarning sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Samaradorlikni baholash. 

7. Katta omborchi

Oylik ish xaqqi ko‘rsatilmagan

Kerakli ish tajribasi: 1 yildan kam bo‘lmagan staj

Ma'lumoti: Savdo, tijorat, menejment, iqtisod va /yoki lavozimi bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta maxsus ma'lumot.

Bandlik:To‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Tovarlarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularni joylashtirish, ombor maydonidan eng oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, zarur tovarlarni qidirishni osonlashtiradigan va tezlashtiradigan ombor ishini boshqaradi.
  • Tovar-moddiy boyliklarni saqlashni ta'minlaydi.
  • Saqlash rejimlariga rioya qilishni ta'minlaydi.
  • Tovarlarni qabul qilish uchun joy tayyorlaydi.
  • Tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etadi.
  • Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha yo'riqnoma talablariga rioya qilish

Talablar:

  • Katta omborchi lavozimiga savdo, tijorat, boshqaruv, iqtisod yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta maxsus ma'lumotga ega va/yoki egallab turgan lavozimi profili bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi;
  • Ishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish,

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati. Olmaliq shaxri;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • vakolat doirasidagi rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Ishlarning sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Samaradorlikni baholash;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish.

8. Omborchi

Oylik ish xaqqi ko‘rsatilmagan

Kerakli ish tajribasi: 1 yildan kam bo‘lmagan staj

Ma'lumoti: Savdo, tijorat, menejment, iqtisod va/yoki lavozimi bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta maxsus ma'lumot.

Bandlik:To‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Tovarlarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularni joylashtirish, ombor maydonidan eng oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, zarur tovarlarni qidirishni osonlashtiradigan va tezlashtiradigan ombor ishini boshqaradi.
  • Tovar-moddiy boyliklarni saqlashni ta'minlaydi.
  • Saqlash rejimlariga rioya qilishni ta'minlaydi.
  • Tovarlarni qabul qilish uchun joy tayyorlaydi.
  • Tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etadi.
  • Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha yo'riqnoma talablariga rioya qilish

Talablar:

  • Omborchi lavozimiga savdo, tijorat, boshqaruv, iqtisod yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta maxsus ma'lumotga ega va/yoki egallab turgan lavozimi profili bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
  • Ishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish
  • Ofis jihozlaridan foydalanish

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati. Angren shaxri;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Vakolat doirasidagi rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Ishlarning sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Samaradorlikni baholash;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish.

9. DRESSTA yuklovchi mashinasi mashinisti

Oylik ish haqi belgilanmagan

Kerakli ish tajribasi: DRESSTA yuklovchi mashinasi  mashinisti  vazifasida 1 yildan kam bo‘lmagan staj

Tegishli toifadagi yuklovchi mashina mashinisti guvohnomasi A, B, C, D, E.

Bandlik: to‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinai boshqarish
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish.
  • Ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmalariga muvofiq, ish paytida texnikadan maqsadga muvofiq foydalanish
  • Mashinani texnik jihatdan soz holatda saqlash
  • Texnika va uning mexanizmlariga texnik reglamentga muvofiq o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus ma'lumotga talablarsiz, yoshi 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, yuqori kasbiy malakaga ega, og‘ir yo‘l qurilishi mashinasida ishlash vakolatiga ega bo‘lish;
  • Yuklov mashinasi mashinisti vazifasida kamida bir yillik ish tajribasi;
  • A, B, C, D, E toifali traktorchi guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Olmaliqda ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi tajriba va ko‘nikmalar;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Ekskavatorga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

10. Avtogreyder mashinisti

Oylik ish haqi belgilanmagan

Kerakli ish tajribasi: avtogreyder mashinisti vazifasida 3 yildan kam bo‘lmagan staj

Tegishli toifadagi avtogreyder mashinisti guvohnomasi

Bandlik: to‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmalariga muvofiq, ish paytida texnikadan maqsadga muvofiq foydalanish
  • Mashinani texnik jihatdan soz holatda saqlash
  • Texnika va uning mexanizmlariga texnik reglamentga muvofiq o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.

Talablar:

  • O‘rta ma'lumotga ega bo‘lgan, kamida 18 yoshga to‘lgan, tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan, nazariy va amaliy tayyorgarlik kurslaridan o‘tgan, so‘ngra bilim imtihonidan o‘tgan va tegishli avtogreyder haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslar;
  • Avtogreyder mashinisti vazifasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  • A, B, C, D, E toifali traktorchi guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Angren shaharda ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi tajriba va ko‘nikmalar;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtogreyderga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom. 

11. BelAZ-7540 avtosamosval haydovchisi

Oylik ish haqi belgilanmagan.

Kerakli ish tajribasi: BelAZ-7540 avtosamosval xaydovchisi  vazifasida 3 yildan kam bo‘lmagan staj.

Bandlik: to‘liq kun

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qiliish
  • Kombinat ob'ektlariga tog‘-jinslarini tashish.
  • Texnik reglamentga muvofiq avtomobilga yuqori sifatli va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish

Talablar:

  • O‘rta maxsus ta'limga qo‘yiladigan talablarsiz yosh 18 yoshdan kichik yemas.
  • BelAZ-7540 avtosamosval haydovchisi vazifasida uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi.
  • B, C haydovchilik guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati. Angren shahrida ish taklif etiladi.
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi haydash tajribasi;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida  2022 yil  20-dekabrdan 24-dekabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB olish 

 

 

 

Bo`lishmoq:
Text to speech