Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi boshlig 'i
09 Sentyabr 2026, 10:49
109
2026-yil 9-sentabrdan 18-sentabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJga rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi ish natijalari asosida belgilanadi;
- Ekologiya sohasida kamida 5 yilllik ish tajribasi talab qilinadi
- Ish bandligi: to‘liq ish kuni.
Vazifalar:
- Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatining atrof-muhitga ta'sir darajasini tahlil qilish va shulardan kelib chiqib atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirish bo‘yicha chora tadbirlar tayyorlash;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish bo‘linmalarida atrof-muhitni muhofaza qilish holatini, nazorat qiluvchi organlar va korxonaning tuzilmalari bo‘yicha tadbirlar rejalari asosida tahlil qilish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha rejalar va tadbirlarni tegishli nazorat organlari bilan kelishish;
- Korxona ishchilarining ekologik savodxonligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, maqsadli yigʻilishlar va majlislar tashkil etish;
- Korxona rahbariyatiga va, uning buyurtmasiga binoan, yuqori maʻmuriy va xoʻjalik organlariga hisobot hujjatlarini va talab qilingan maʻlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
- Ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha korxona tadbirlarining rivojlanishi, rekonstruktsiyasi va kengaytirilishi toʻgʻrisidagi istiqbolli prognozlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
- Ekologik normativlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish (ZVOS, PDV, PDO, RSV, PDS, ZEP) va ularga amal qilinishini taʻminlash;
- Atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarishni kamaytirish maqsadida tashkilotlar va xizmatlar mutaxassislari bilan birgalikda tashkilotchilik va muvofiqlashtirish ishlarini o'tkazish;
- Ishlab chiqarish bo'linmalarida tabiiy muhofaza qilish uskunalari va inshootlar holati, ishlatilishi va ta'miri bo'yicha rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan tekshirishlar o'tkazishni tashkil etish va ularda ishtirok etish;
- Korxonaning bo'linmalarida atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish, nazorat organlarining ko'rsatmalariga amal qilinishini ta'minlash;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohalarida nazorat organlari va boshqa mutaxassislardan foydalanib, kutilmagan maqsadli o‘lchovlarni o‘tkazishni tashkil qilish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlarning ekologik-iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish va umumlashtirish;
- Tabiatni muhofaza qilish fondlariga amalga oshiriladigan chiqindilar (tashqariga chiqarish) uchun to'lovlar bo'yicha hisob-kitob va hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini ta'minlash;
- Suv iste'moli bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish va hisoblash, suv resurslaridan foydalanish uchun soliq hisob-kitoblarini o'tkazish, tegishli soliq idoralariga "Suv resurslaridan foydalanish bo'yicha soliq hisob-kitoblari"ni kelishish va yuborish;
- Belgilangan shakllar bo'yicha statistik hisobot hujjatlarini sifatli tayyorlash va rasmiylashtirish;
- O'zining professional malakasini doimiy ravishda oshirish.
Talablar:
-
Ta'lim - oliy texnik professional, muhandis-texnik va rahbarlik lavozimlarida ish tajribasi - kamida 5 (besh) yil;
- O'zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz tili afzal)
- Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligining talablarini bilish;
- Ekologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va rahbarlik hujjatlarini bilish;
- Kon metallurgiya sohasidagi asosiy ishlab chiqarish bosqichlarini (umumiy manoda) va «Olmaliq KMK» AJ ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlarini bilish;
- Ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy korxonalar tajribasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
- Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ish olib borish;
- Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (IKT) foydalanish;
- Xizmat ko‘rsatuvchi texnikadan foydalanish;
- Hamkasblar va bo‘ysunuvchilar bilan ishlash;
- Ish sifatini nazorat qilishni amalga oshirish
- Boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- Ish sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
- Qarama-qarshi vaziyatlarni hal etish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilishga oid loyiha-smeta hujjatlari bilan ishlash.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Xo‘jalik shartnomalari va tanlovlar protsedurasini bilish va tushunish;
- Ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
- Qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari, muammolarni hal etish;
- Kommunikativlik, harakatlilik, stressga chidamlilik, intizomlilik.
Shartlar:
- Muvaffaqiyatli nomzodga Toshkent viloyati Olmaliq shahriga ko‘chish taklif etiladi;
- Hamkorlik uchun qo‘shimcha shartlar muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).