• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Avtomobillarni ta`mirlash bo`yicha chilangar (motorist)

04 Iyul 2024, 13:22 2123

2024-yilning 4-iyuldan 8-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasi avtomobillarni ta`mirlash bo`yicha chilangar (motorist) yoʻnalishi boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: аvtomobillar ва IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni ta`mirlash bilan bog`liq mutaxassisliklar bo‘yicha kamida 2 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • аvtomobillarga texnik xizmat ko`rsatishga naryad olish;
  • transport ta’mirlash;
  • tibbiy ko`rikdan o‘tish;
  • og‘ir yuk ko’tarish qobiliyatiga ega avtosamosvalning dizel IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish;
  • ish joyi va asbob-uskunalarni soz va toza holda saqlash.

Talablar:

  • o`rta yoki o`rta-maxsus ma`lumot (oliy ma`lumot ustunlikga ega);
  • dizel IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni ta`mirlash bilan bog`liq mutaxassisliklar bo`yicha kamida 2 yil.

Asosiy ko'nikmalar:

  • texnik jihozlarni ta`mirlash va texnik foydalanish qoidalarini bilish;
  • o‘lchov uskunalar bilan ishlashni bilish;
  • xizmat ko`rsatuvchi yuk avtomobillarining qo`llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
  • batareyali akkumulyatordan foydalainish qoidalarini bilish;
  • foydalaniladigan asbob-uskuna, jihozlar, detal va agregatlarning markirovkasi, nomlanishini bilish;
  • IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni bog’lanmalari va agregatlarni yo‘q qilishni (vibrakovka) bilish;
  • IYOD (ichki yonuv dvigatel)larni yo‘q qilishni (vibrakovka) va yig‘ishni bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish.

Shartlar:

  •  Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech