• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Axborot xavfsizligi guruhi yetakchi muhandisi

02 Fevral 2024, 16:3 1415

2024-yilning 2-fevralidan 8-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnik tizimlar xavfsizligi xizmatiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Ma’lumoti: Axborot texnologiyalar tizimida oliy, o’rta maxsus kasb-hunar (kollej) bo’lishi lozim.

Ish tajribasi: Axborot va kiberxavfsizligi sohasida mutaxassis sifatida kamida 3 yil.

Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni.

Vazifalari:

  • axborotni muxofaza qilish ishlarini rejalashtirish va tashkil etish usullari;
  • axborotni uzatish, qayta ishlash, ko’rsatish va saqlashning texnik vositalarini “hujumlar”dan himoya qilish bo’yicha maxsus tadqiqot va tekshiruvlar o’tkazish usullari;
  • texnik razvedka va axborotni himoya qilish bo’yicha mamlakatimiz hamda  xorijda erishilgan fan va texnika yutuqlari;
  • axborotlarni yig’ish, uzatish va qayta ishlash vositalari;
  • axborot saqlashning texnik vositalari turlari;
  • istiqbolli va yillik rejalarni ishlab chiqish tartibi;
  • kompyuter texnikasi, axborotni yig’ish, uzatish ularning texnik va ekspluatatsion xarakteri, konstruktsiya xususiyatlari, maqsadi va qoidalari;
  • ma`lumotlarni tashkil etish va qayta ishlash tamoyillari;
  • axborotlar omborining arxitekturasi, strukturasi, unga o’rnatilgan obyektlar, axborotlar omborini boshqaruv tizimlarini asosiy imkoniyatlari;
  • xizmat vazifalarini bajarish jarayonida foydalaniladigan dasturlar (matn protsessorlari, elektron pochta, internet, axborot tizimlari, multimedia ilovalari, antivirus dastulari);
  • texnik va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirish tartibi;
  • tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati nima ekanligini tushunish;
  • axborot va kiberxavfsizligi soxasida o’quv kurslarida o’qigan, va xalqaro standart sertifikatiga ega shaxslar taklif etiladi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech