Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

BelAZ-75131 avtosamosval haydovchisi

14 Sentyabr 2026, 10:13 26

2026-yilning 14-sentabrdan 25-sentabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Kerakli ish tajribasi: 10 tonna va undan yuqori boʻlgan ogʻir avtosamosval haydovchiligi boʻyicha 2 yildan kam boʻlmagan ish staji;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • yoʻl varaqasi olish;
  • Belaz-75131 avtosamosvali butligini saqlash va taʼmirlash;
  • tibbiy koʻrikdan oʻtish;
  • Belaz-75131 avtosamosvalini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
  • korxonaning ichki mehnat tartib qoidalariga, ichki normativ qoidalariga va mehnat muhofazasi yoʻriqnomalariga rioya qilishi.

Talablar:

  • oʻrta yoki oʻrta-maxsus taʼlim va 20 yoshdan kichik emas “ВS” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi maqsadli oʻquv kurslarida oʻqiganligi haqida guvohnoma;
  • Kerakli ish tajribasi: 10 tonna va undan yuqori boʻlgan ogʻir avtosamosval haydovchiligi boʻyicha 2 yildan kam boʻlmagan ish staji;

Asosiy koʻnikmalar:

  • Belaz-75131 avtosamosvaldan foydalanish texnik qoidalarini bilish;
  • Belaz-75131 avtosamosvaldan foydalanish tuzilishi, boshqarishi, mexanizm va qurilmalarning ishlash prinsipini bilish;
  • texnik xizmat koʻrsatish turlari, davriyligi, bajariladigan ishlar tartibini bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish va amal qilish;

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi koʻrib chiqiladi;
  • Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech