Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Bino va inshootlarga kompleks xizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi ishchi

24 Sentyabr 2025, 9:40 914

2025-yilning 24-sentyabrdan 26-sentyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Jizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Har kuni dam olish maskani xo‘jalik mudiridan ish bajarish bo‘yicha topshiriqlar oladi, maktabgacha ta’lim muassasasi binosi va hududini ko‘zdan kechirishda qatnashadi.
  • Uskunalar, materiallar, asboblarni rejali profilaktik va joriy ta'mirlashni amalga oshiradi, mebelni kichik ta'mirlashni amalga oshiradi.
  • Umumiy qurilish ishlaridagi kichik nosozliklarni (devorlarni, shiftlarni, gips va plitka qoplamalarini bo'yashdagi shikastlanishlar, linonyum, eshik va deraza teshiklarini mustahkamlash) bartaraf qiladi.
  • Xizmat ko'rsatiladigan binolar, jihozlar va mexanizmlar uchun materiallarni mavsumga tayyorlaydi.
  • Issiqlik ta'minoti, kanalizatsiya va suv ta'minotining uzluksiz ishlashi, nosozliklarni o'z vaqtida bartaraf etish bo'yicha ogohlantiradi va choralar ko'radi.
  • Ta'mirlash-qurilish ishlarini bajarish texnologiyasiga, bino, asbob-uskunalar, mexanizmlar va inshootlardan foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish qoidalariga, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga, xavfsizlik qoidalariga, mehnat intizomiga, ish yo'riqnomasi qoidalariga rioya qiladi.

Тalablar:

  • Ma'lumoti: o'rta maxsus.
  • Ish tajribasi: Ish tajribasi talab qilinmaydi.

Asosiy ko`nikmalar:

  • Santexnika va ta'mirlash bo'yicha boshlang'ich bilim - qurilish ishlari.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech