Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Bosh oshpaz

17 Aprel 2026, 8:22 155

2026-yilning 17-apreldan 21-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Jizzax viloyati “Zomin” tumani Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Oshxona ish faoliyatini to‘liq boshqarish;
  • Taomlar sifatini va taqdimotini nazorat qilish;
  • Yangi menyular ishlab chiqish;
  • Mahsulotlar xaridini rejalashtirish va nazorat qilish;
  • Oshpazlar jamoasini boshqarish va o‘qitish;
  • Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.

Talablar:

  • Oshpazlik sohasida kamida 1- yil ish tajribasi;
  • Milliy va xalqaro taomlarni tayyorlashni bilish;
  • Rahbarlik (liderlik) qobiliyati;
  • Stressga chidamlilik;
  • Mas’uliyatlilik va tartiblilik;
  • Tegishli ma’lumot yoki sertifikatlar mavjudligi;

Ko'nikmalar:

  • hamkasblar bilan ishlash;
  • ish sifatini nazorat qilish;
  • samaradorlikni baholash.
  • shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • orgtexnika vositalaridan foydalanish.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Professional oshpazlik texnikalari;
  • Menyu tuzish va rejalashtirish;
  • Jamoa bilan ishlash;
  • Vaqtni boshqarish;
  • Muammolarni tez hal qilish;
  • Taom dizayni va prezentatsiya;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech