Bosh oshpaz
24 Sentyabr 2025, 10:19
439
2025-yilning 24-sentyabrdan 26-sentyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Jizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Majburiyatlar:
- Dam olish maskanida ovqat tayyorlash texnologiyasiga muvofiq o'z vaqtida, xushxo`r taom tayyorlanishini ta'minlaydi.
- Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va o'z vaqtida ishlatish ustidan nazoratni ta'minlaydi;
- SanQvaM 0016-21 ga muvofiq xom va pishgan mahsulotlarni gigienik qayta ishlashqoidalariga rioya qiladi;
- Har bir kun uchun taomnoma tayyorlashda ishtirok etadi, omborchidan oziq-ovqatmahsulotlarini qabul qiladi, to'g'ri saqlash va ularni sarflash uchun javobgarlikni oladi;
- Shaxsan taom uchun oziq-ovqat mahsulotlarini taomnoma taqsimoti asosida qozonga soladi va taomni guruhlarga taqsimlash jarayonini tashkillashtiradi.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda birlamchi va qayta termik ishlov berishni amalga oshiradi.
- Oshxonadan tayyor ovqatni guruhlarga taqsimlash jadvaliga qat'iy rioya qiladi, tayyor ovqatni me’yorga muvofiq guruhlarga
- Oshxonaning sanitariya me'yorlariga amal qilish, nazorat qilish va standartlarga muvofiq oshxona jihozlarining xavfsizligi va sozligini ta`minlash.
- Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
- Oshxonaning sanitariya-epidemiologik rejimini va idishlarni qayta tozalashni nazorat qilish.
Talablar:
- Ma'lumoti: kamida 3-toifali kasbiy malaka, o‘rta
- Ish tajribasi: yakka tartibda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotganda 3-toifali oshpaz sifatida bir yillik ish stajiga ega bo‘lish, maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan holda.
- Ko'nikmalar:
- hamkasblar bilan ishlash;
- ish sifatini nazorat qilish;
- samaradorlikni baholash.
- shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
- orgtexnika vositalaridan foydalanish.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Oshxona bo’limining, binoning, jihozlarning sanitariya rejimini.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va saqlash muddatini.
- Xom va pishirilgan mahsulotlarga ishlov berish qoidalarini.
- Kundalik ovqatni sarflash (brakeraj) qoidalarini.
- Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, shaxsiy gigiyena, yong'in xavfsizlik qoidalari, SanQvaM normalarini.
- Birinchi, ikkinchi, shirin taomlar va xamir mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini.
- Issiqlik bilan ishlov berish jarayonlarining rejimi va davomiyligini.
- Xom mahsulotini me’yori, nisbati va ketma-ketligini qoidalarini.
- Taomnoma tuzish
- Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).