Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Obodonlashtirish uchastkasi bosh agronomi

05 Iyun 2026, 9:2 765

2026-yilning 5-iyundan 8-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlar:

  • Yerlardan samarali foydalanish, tuproqni ekishga tayyorlash, oʻgʻitlash, sugʻorish, zararkunanda va begona oʻtlarga qarshi kurashish (kimyoviy va biologik ishlov berish) jarayonlarini nazorat qilish;
  • Xarajatlarni pasaytirish;
  • Ekilgan yerlarning kasallanishi va buzilishini kamaytirish; mehnat unumdorligini oshirish;
  • Agrotexnik ishlarni amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya qilish;
  • Oʻgʻitlarni qoʻllashda belgilangan meʼyorlarga rioya etilishini taʼminlash;
  • Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlarining bajarilishi;
  • Mehnat va ijro intizomiga rioya qilish.

 Тalablar:

  • Ma'lumoti: Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha oliy taʼlim;
  • Ish tajribasi: Sohasi bo'yicha 2 yildan kam boʻlmagan mehnat staji va ish tajribasiga ega bo`lishi.

Asosiy ko`nikmalar:

  • Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish texnologiyasini bilishi;
  • Koʻchat yetishtirish, ularni parvarishlash, ularning qiymati, yetishtirish usullari, muddati va vegetatsiya davrini bilishi;
  • Urug` va koʻchatlar navlarini toʻgʻri tanlay olishi, ko`chat turlarini kengaytirish, sifatini oshirish;
  • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
  • Personal kompyuterda foydalanuvchi darajasida  ishlay bilishi;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi (AKT);
  • Hamkasblar va oʻz qoʻl ostidagilar bilan ishlay olishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • Mehnat daftarchasi yoki gov.uz  portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech