• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Boshliq

05 Avgust 2024, 15:45 2149

2024-yil 5 avgustdan 15 avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Axborot texnologiyalari departamentiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Maʼlumoti:

  • Axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari, muhandislik yoki shu bilan bog‘liq sohalar bo‘yicha oliy maʼlumot.

Ish tajribasi:

  • Axborot texnologiyalari sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
  • Rahbarlik lavozimlarida (IT-bo‘lim menejeri, loyiha rahbari va h.k.) kamida 3 yillik tajriba;
  • IT-strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda yirik IT-loyihalarni boshqarish tajribasi.

Bilim va ko‘nikmalar:

  • Zamonaviy IT-texnologiyalar va tendensiyalar, jumladan, bulutli texnologiya, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari va boshqalar bo‘yicha chuqur tushuncha;
  • Turli operatsion tizimlar (Windows, Linux, Unix) va tarmoq infratuzilmalari bilan ishlash tajribasi;
  • Biror dasturlash tilini bilish;
  • Loyihalarni boshqarish metodologiyalarini (Agile, Scrum, Waterfall) bilish;
  • IT sohasida byudjetlarni boshqarish va moliyaviy rejalashtirish ko‘nikmalari;
  • Axborot texnologiyalari va maʼlumotlarni himoya qilish sohasidagi qonunchilik va normativ talablarni tushunish;
  • Analitik ko‘nikmalar;
  • Ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish, mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati;
  • Strategik qarorlar qabul qilish va o‘zgarishlarni samarali boshqarish qobiliyati.

Asosiy vazifalar:

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, barcha daraja va bosqichlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish;
  • Axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi raqamli transformatsiya dasturlarini o‘z vaqtida joriy etishni nazorat qilish;
  • Elektron hujjat almashinuvi, elektron xizmatlar va kombinat bo‘limlari o‘rtasidagi elektron hamkorlikning boshqa shakllarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • Kombinat bo‘limlarining axborot tizimlari va resurslarini joriy etishni nazorat qilish va o‘z vaqtida joriy etish, bo‘linmalararo elektron hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirish, yagona elektron reyestrlar va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish;
  • Kombinat faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, raqamlilashtirishning o‘sishini rag‘batlantirish, jumladan, kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish;
  • Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda raqamlilashtirish sohasida idoralararo dasturlar, konsepsiyalar va strategiyalarni ishlab chiqishni tashkil etish.

Shaxsiy sifatlar:

  • Liderlik sifatlari va jamoani motivatsiya qilish qobiliyati;
  • Aʼlo kommunikativ ko‘nikmalar va boshqaruvning turli darajalari bilan o‘zaro aloqa qilish qobiliyati;
  • Strategik fikrlash va tashkilotning kelajakdagi IT ehtiyojlarini oldindan ko‘ra olish qobiliyati;
  • Ko‘p vazifalik va stressli vaziyatlarda ishlash qobiliyati.

Qo‘shimcha talablar:

  • Ingliz tilini Intermediate (B1/B2) darajasida bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech