Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Buldozer mashinasi mashinisti

26 Yanvar 2026, 13:43 685

2026-yilning 26-yanvardan 1-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi belgilanmagan;
  • Kerakli ish tajribasi: Buldozer mashinisti  vazifasida 1 yildan kam bo‘lmagan staj;
  • Tegishli toifadagi buldozer mashinisti guvohnomasi;
  • Bandlik: to‘liq kun.

Majburiyatlari:

  • Belgilangan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq avtomashinani boshqarish;
  • Yo‘l varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalishga amal qilish;
  • Ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmalariga muvofiq, ish paytida texnikadan maqsadga muvofiq foydalanish;
  • Mashinani texnik jihatdan soz holatda saqlash;
  • Texnika va uning mexanizmlariga texnik reglamentga muvofiq o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.

Talablar:

  • O‘rta maxsus ma'lumotga talablarsiz, yoshi 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, yuqori kasbiy malakaga ega, og‘ir yo‘l qurilishi mashinasida ishlash vakolatiga ega bo‘lish;
  • Buldozer mashinisti vazifasida kamida bir yillik ish tajribasi;
  • Buldozer mashinisti haydovchilik guvohnomasi.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati Angren shaxarda ish taklif etiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi.

Asosiy ko‘nikmalari:

  • Tegishli toifadagi tajriba va ko‘nikmalar;
  • Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Buldozer mashinaga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
  • Tirishqoqlik, intizom.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech