• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Bunkerchi

28 Mart 2024, 12:30 919

2024-yil 29 martdan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Vazifalar:

  • Nosozliklar va kamchiliklarni bartaraf etish va bunkerlarga belgilangan miqdordan ortiq yuklash va bunkerga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirish;
  • Bunkerlarni toʻldirish va materiallar taqsimoti ustidan nazoratni, shuningdek ularni saqlashni nazorat qilish;
  • Kichik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va bo’shatish aravalari bilan jihozlangan tasmali konveyerlarini ishga tushirish va toʻxtatish;
  • Xizmat koʻrsatish maydonchasi va maydonining umumiy uzunligi boʻylab bunkerlar toʻldirilish darajasini ta’minlash va bonkerlar holati nazorati;
  • Bunkerlarning texnik parametrlarini bilish.

Talablar:

  • Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
  • Ish tajribasi:
  • Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
  • O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish  korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
  • Davlat va rus tillarini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
  • Ishga joylashish: to'liq ish kuni.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Foydali qazilmalarning fizik-kimyoviy xossalarini;
  • Ishlatiladigan mashina moylari;
  • Bo’shatish aravalari bilan jihozlangan tasmali konveyerlarning ishlash prinsipi;
  • Oʻlchov asboblari uskunasi;
  • Turli xil bunkerlar bilan ishlash koʻnikmalari;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech