Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Chilangar-santexnik

21 Yanvar 2026, 9:17 2201

2026-yilning 21-yanvardan 26-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

  • Ma`lumoti: O`rta maxsus
  • Ish tajribasi: yo‘nalishi bo‘yicha kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi

Bilishi kerak:

  • Sanitariya-texnik qismlarining tuzilishi va ishlash prinsipini bilish;
  • “Gaz xo‘jaligi tuzilishi va ularni xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”;
  • Sanitariya-texnik qismlari, suv ta’minoti va oqova quvurlarining tuzilishi va ishlash prinsipini bilish;
  • Suv tarmoqlari va oqova quvurlaridagi nosozliklarni bartaraf etish uslublarini;
  • “Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlikdan foydalanuvchi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash”

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech