Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Dasturlar ta'minotini sinash bo'yicha 1-toifali mutaxasis

24 Dekabr 2025, 14:29 346

2025-yilning 24-dekabrdan 27-dekabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Raqamli transformatsiya va ERP-tizimini joriy etish loyixa ofisi Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Ma’lumoti:Oliy yoki o‘rta maxsus (axborot texnologiyalari yo‘nalishida ustunlik beriladi);
  • Ish staji:
  • Oliy ma’lumot yoki tegishli sertifikatlarga ega nomzodlar uchun ish tajribasi talab etilmaydi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun IT yoki dasturiy ta’minotni sinash sohasida kamida 1 yil ish tajribasi.

Vazifalar:

  • Dasturiy mahsulotlarni funksional va nofunksional talablar asosida sinovdan o‘tkazish;
  • Test ssenariylari, test-keýslar va test-rejalarni tayyorlash;
  • Aniqlangan xatoliklarni ro‘yxatga olish, tavsiflash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Dasturiy ta’minot sifatini tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha takliflar berish;
  • Dasturchilar va loyiha jamoasi bilan hamkorlikda ishlash;
  • Sinov natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
  • Joriy etilgan dasturiy mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash jarayonida ishtirok etish.

Ko‘nikmalar:

  • Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
  • Dasturiy xatoliklarni aniqlash va tahlil qilish qobiliyati;
  • Texnik hujjatlar va talablar bilan ishlash;
  • Test hujjatlarini rasmiylashtirish;
  • Jamoada ishlash va aniq muloqot olib borish;
  • Mas’uliyat va diqqat-e’tibor.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech