Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ekskavator mashinisti

09 Iyul 2026, 8:35 428

2026-yilning 9-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Ishchi anjom cho`mich hajmi (kovsh) 3,5 m3 gacha boʻlgan gidrostatik g`ildirakli va zanjirli ekskavator mashinisti vazifasida 2 yildan kam boʻlmagan;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • yoʻl varaqasi olish;
  • g`ildirakli yoki zanjirli  ekskavator butligini saqlash va taʼmirlash;
  • tibbiy koʻrikdan oʻtish;
  • g`ildirakli yoki zanjirli ekskavatorni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
  • korxonaning ichki mehnat tartib qoidalariga, ichki normativ qoidalariga va mehnat muhofazasi yoʻriqnomalariga rioya qilishi.

Talablar:

  • oʻrta yoki oʻrta-maxsus maʼlumot (yoʻl qurilish mashinalari mashinisti diplomi yoki maqsadli oʻquv kurslarida oʻqiganligi haqida guvohnoma);
  • kovsh hajmi 3,5 m3 gacha boʻlgan gidrostatik g`ildirakli yoki zanjirli ekskavator mashinisti vazifasida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • A,B,C,D,F,E toifali traktorchi-mashinist guvohnomasi;
  • yoʻl qurilish mashinalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma (guvohnomada frontal ortish mashinasi boshqarish huquqini beruvchi toifasi (A,B,C,D,F,E) boʻlishi lozim);

Asosiy koʻnikmalar:

  • gildirakli yoki zanjirli  ekskavatordan foydalanish texnik qoidalarini bilish;
  • gildirakli yoki zanjirli ekskavatorning qoʻllanishi, tuzilishi, boshqarishi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ishlash prinsipini bilish;
  • texnik xizmat koʻrsatish turlari, davriyligi, bajariladigan ishlar tartibini bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish va amal qilish;

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi koʻrib chiqiladi;
  • Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech