Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha elektromontyor

21 Yanvar 2026, 8:21 2102

2026-yilning 21-yanvardan 26-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

  • Ish tajribasi: ushbu sohada 1-yildan kam bo`lmagan
  • Ma’lumoti: oʻrta maxsus, oliy.

Talablar:

  • Mavjud malaka guruhida nazarda tutilgan miqdorda isteʻmolchilarning elektr inshootlarining Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalar , Istemolchilar elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilish qoidalari va Istemolchilar elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari elektrotexnika asoslarini bilish.
  • Har xil turdagi va tizimlar, yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini qismlarga ajratish, yigʻish, oʻrnatish va kapital ta’mirlash
  • Ishlab chiqarish sexining birlamchi va ikkilamchi kommutatsiya va masofadan boshqarishning ayniqsa murakkab sxemalariga xizmat ko`rsatish
  • Har xil turdagi va tizimli elektr mashinalarini qismlarga ajratish, yigʻish, kapital ta’mirlash va markazlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak
  • Kabel tarmoqlarini oʻrnatish va ta’mirlash qobiliyati
  • Kabelni boʻshatish, kesish, yotqizish, kirish moslamalari va muftalarni oʻrnatish..
  • Izolyatsiya sinfiga ega, majburiy sirkulyatsiya va yuklanish ostida kuchlanishni tartibga solish moslamasi boʻlgan ikki va uch choʻlgʻamli kuch transformatorlarini ta’mirlash.
  • Murakkab va yashirin elektr simlarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni bajarish.
  • Ta’mirlangan uskunani ishga tushirish uchun tayyorlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech