Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr jihozlarini ta’mirlash va xizmat ko ‘rsatish bo‘yicha chilangar-elektrik

09 Fevral 2026, 14:58 799

2026-yil 9-fevraldan 20-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy ta`mirlash mexanika zavodiga  rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • MTMZ ishlab chiqarish uchastkalari va sexlarida elektr uskunalari hamda elektr tizimlarini montaj qilish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tekshirish bilan bog‘liq muhim vazifalarni bajaradi.

Ishtarkibi:

  •  Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash: Elektr uskunalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida muntazam texnik xizmat ko‘rsatish. Nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, shikastlangan qismlarni ta’mirlash yoki almashtirish.
    • Elektr tizimlarini montaj qilish va o‘rnatish: Elektr uskunalarini o‘rnatish, ulash va sozlash, jumladan dvigatellar, generatorlar, transformatorlar, o‘chirgichlar, boshqaruv panellari va boshqa komponentlar.
    • Texnik chizmalar va sxemalarni o‘qish hamda talqin qilish: Uskunalarni to‘g‘ri o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun texnik chizmalar va elektr sxemalarini tushunish va ularga amal qilish.
    • Kabel mahsulotlarini yotqizish: Taqsimlash shkaflaridan asboblar va avtomatika shkaflarigacha kabellarni tortish.
    • Kabel simlarini tarqatish, ulash, tekshirish (prozvonka) va belgilash.
    • Elektr shchitlari va shkaflarini montaj qilish: Elektr sxemalariga muvofiq asboblarni ulash va shkaflarni yig‘ish.
    • Balandlikda montaj ishlarini bajarish.
    • Ijro mexanizmlarini o‘rnatish va ularni rostlovchi organlar bilan mexanik bog‘lash.
    • Tekshirish va sinovlar: Elektr tizimlari va uskunalarini texnik standartlar va xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirish. Kuchlanish, tok, qarshilik va boshqa parametrlarni o‘lchash uchun o‘lchov asboblaridan foydalanish.
    • Ulanishlarning to‘g‘riligini va tizimning ishga layoqatliligini tekshirish.
    • Xavfsizlik me’yorlariga rioya etishni ta’minlash: Elektr bilan ishlashda qat’iy xavfsizlik standartlariga amal qilish, mos himoya vositalari va asbob-uskunalardan foydalanish.

Malaka talablari:

  • Ma’lumoti: O‘rta maxsus yoki oliy texnik.
  • Mutaxassislik:
  • Chilangar-elektrik yo‘nalishi bo‘yicha kasb guvohnomasi yoki elektromexanika yoxud elektrotexnika mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta professional ta’lim diplomi talab etiladi.
  • Balandlikda ishlashga layoqatlilik.
  • Mutaxassislik bo‘yicha ish staji – 1 yil.

Bilim  va  ko‘nikmalarga  talablar:

  • Montaj va prinsipial sxemalar hamda chizmalarni o‘qiy olishi.
  • Texnik adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
  • Elektr qurilmalarida ishlashda ehtiyot choralarini bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech