• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr jihozlarni ta`mirlash bo`yicha chilangar-elektrik

04 Iyul 2024, 14:6 1403

2024-yilning 4-iyuldan 8-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasi elektr jihozlarni ta`mirlash bo'yicha chilangar-elektrik yo'nalishi boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Elektrik mutaxassisligi bo`yicha kamida 3 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • texnologik transport elektr qismlarini ta`mirlash va texnik xizmat ko'rsatishga naryad olish;
  • texnologik transportning past voltli va yuqori voltli jihozlari va elektr tizimlarini ta`mirlash;
  • tibbiy ko`rikdan o`tish;
  • Ichki mehnat tartib qoidalari, mehnat havfsizligi yo`riqnomalari, korxona ichki me`yoriy hujjatlariga rioya qilish.

Talablar:

  • o'rta yoki o`rta-maxsus ma'lumot (oliy ma`lumot ustunlikga ega);
  • elektrik mutaxassisligi bo`yicha kamida 3 yil.

Asosiy ko'nikmalar:

  • prinsipial elektrik sxemalarni o`qish va bilish;
  • ishlab chiqarish elektronikasini bilish;
  • shaxsiy kompyuterdan foydalanish;
  • akkumulyatorli batareyalardan foydalainish qoidalarini bilish;
  • foydalaniladigan asbob-uskuna, jihozlar, detal va agregatlarning markirovkasi, nomlanishini bilish;
  • texnik xizmat ko`rsatish tartiblarini bilish;
  • iste`molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va iste`molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda havfsizlik qoidalarini bilish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech