• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektr uskunalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish elektromontyori

10 Yanvar 2025, 12:57 1699

2025-yil 10 yanvardan 20 yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Elektr qurilmalari va elektr jihozlarini texnik ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish;
  • Elektr jihozlarining ishlash prinsipi va uning tuzilishini bilish;
  • Ta'mirlanayotgan elektr jihozlarining elektr sxemasini yaxshi bilish.

Ish tarkibi:

  • Oddiy elektr zanjirlari, tugunlari, elektr qurilmalari va elektr mashinalariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.
  • Murakkab elektr zanjirlari, tugunlari, elektr qurilmalari va elektr mashinalariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash, shuningdek ular bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarni sozlash va sinovdan o‘tkazish.
  • Elektr sxemalari va elektr jihozlaridagi nuqsonlarni aniqlash va nosozliklarni bartaraf etish.

Malaka talablari:

  • Ma'lumoti: O‘rta maxsus yoki oliy texnik ma'lumot;
  • Mutaxassislik – elektrotexnika, elektromexanika, elektr mashinalari, avtomatlashtirish, elektr yuritma, elektr ta'minoti;
  • Mutaxassislik bo‘yicha ish staji – kamida 3 yil.

Bilim va ko‘nikmalarga talablar:

  • Elektrotexnika asoslarini bilishi;
  • Xizmat ko‘rsatilayotgan elektr dvigatellar, generatorlar, elektr tarmoqlari va elektr jihozlari, tarqatish qurilmalarining jihozlari, moyli o‘chirgichlar, saqlagichlar, kontaktorlar, boshqa elektr jihozlari va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash priptsipini bilish;
  • Ishga tushirish va boshqarish moslamalarining tuzilishi va maqsadini bilish;
  • Elektr tarmoq va elektr qurilmalarda nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishni bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech