Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektrgazpayvandchi

09 Fevral 2026, 14:51 588

2026-yil 9-fevraldan 20-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy ta`mirlash mexanika zavodiga  rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Payvandlash ishlarini belgilangan texnologiya va talablar asosida bajarish.

Ishlar tarkibi:

  • Turli fazoviy holatlarda elektr yoyli payvandlash ishlarini bajarish;
  • Payvandlash materiallari va konstruksion materiallarni farqlay olish;
  • Payvandlash yoyining quvvat manbalaridan xavfsiz foydalanish;
  • Payvandlash ishlab chiqarishida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
  • Payvandlashdan oldin detallar va uzellarni tayyorlash;
  • Val va o‘qlarni RDS usulida elektr yoyli qoplash (naplavka) ishlarini bajarish;
  • Payvand choklaridagi nuqsonlarni bartaraf etish;
  • Payvandlash nuqsonlarini aniqlash va tasniflash.

Malakaga qo‘yiladigan talablar:

  • Ma’lumoti: o‘rta maxsus yoki oliy texnik.
  • Mutaxassisligi: elektrgazpayvandchi yo‘nalishi bo‘yicha.
  • Mutaxassislik bo‘yicha ish staji: kamida 1 yil.

Bilim va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablar:

  • Montaj va prinsipial sxemalar hamda chizmalarni o‘qiy olish;
  • Texnik hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Elektr qurilmalarda ishlashda ehtiyot choralarini bilish;
  • Qo‘lda elektr yoyli payvandlash texnologiyasini bilish;
  • Payvandlash ishlab chiqarishida materialshunoslik asoslarini bilish;
  • Payvandlash yoyining quvvat manbalari tasnifini bilish;
  • Payvandlash materiallari tasnifini bilish;
  • Payvandlash ishlab chiqarishida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
  • Payvandlash nuqsonlari tasnifini bilish;
  • Payvandlash jarayonida qo‘llaniladigan yordamchi uskunalar turlarini bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech