Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Elektrgazpayvandchi

21 Yanvar 2026, 9:10 2626

2026-yilning 21-yanvardan 26-yanvarga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga  rezyumelar qabul qilinadi:

Kvalifikatsion talablar

  • Malumoti: o'rta-maxsus yoki kasbi bo‘yicha sertifikat;
  • Ish staji: kamida bir yil.
  • Gaz va elektrpayvandlash uskunalarida ishlash, birinchi yordam ko’rsata olish, hamda balandlikda ishlash qobiliyati.
  • Elektrotexnika, xavfsizlik texnikasi va sanoat xavfsizligi bo'yicha asosiy bilimlarning mavjudligi.

Kasb majburiyatlari:

  • Qo'lda yoy va gaz bilan payvandlash;
  • Detallar, mahsulotlar, konstruksiyalarni barcha fazoviy xolatlarda payvandlash;
  • Mahsulotlar, qismlar va birikmalarni payvandlash uchun tayyorlash;
  • Payvandlash va gaz bilan kesishdan so’ng choklarni tozalash;
  • Sodda elektr chizmalarni o'qish;
  • Gaz ballonlarini foydalanishga tayyorlash;
  • Ko’chma gaz generatorlariga texnik xizmat ko'rsatish.

Asosiy vazifalar

  • O'zgaruvchan va o’zgarmas tokda ishlaydigan elektr payvandlash qurilmalari, gaz va boshqa payvandlash uskunalarining qurilmasi va ishlash printsipini bilish;
  • Elektr yoy bilan bilan payvandlash usullari va asosiy texnikasi; payvandlash uchun chok kesish shakllari; payvand birikmalar va payvand choki turlari; mahsulotlarning payvandlash uchun tayyorlash qoidalari;
  • Elektrodlar, payvandlash metalli va payvandlashda ishlatiladigan qotishmalarning asosiy xossalari; asboblardan foydalanish maqsadi va shartlari bilishi shart;
  • Payvandlash jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nosozliklar sabablari va ularni oldini olish usullari.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • diplom;
  • mehnat daftarchasi yoki my.gov.uz saytidan olingan ish staji to’g’risidagi ma’lumot.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech